QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят36

إِنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ يُنفِقُونَ أَمْوَٰلَهُمْ لِيَصُدُّوا۟ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ فَسَيُنفِقُونَهَا ثُمَّ تَكُونُ عَلَيْهِمْ حَسْرَةً ثُمَّ يُغْلَبُونَ ۗ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِلَىٰ جَهَنَّمَ يُحْشَرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, kufr keltirganlar mollarini Allohning yo`lidan to`sish uchun sarflarlar. Bas, ularni sarflarlar-u, so`ngra, o`zlariga hasrat bo`ladir, keyin mag`lub bo`lurlar. Kufr keltirganlar jahannamga to`planurlar.Албатта, куфр келтирганлар молларини Аллоҳнинг йўлидан тўсиш учун сарфларлар. Бас, уларни сарфларлар-у, сўнгра, ўзларига ҳасрат бўладир, кейин мағлуб бўлурлар. Куфр келтирганлар жаҳаннамга тўпланурлар.Alauddin Mansour: Albatta, kofir boʻlgan kimsalar mol-dunyolarini Allohning yoʻlidan toʻsish uchun ishlaturlar. Bas, uni sarflaydilar-u, soʻngra oʻsha (mollari) oʻzlariga hasrat boʻlur, soʻngra magʻlub boʻlurlar. Kofir boʻlgan kimsalar jahannamga toʻplanurlar.Албатта, кофир бўлган кимсалар мол-дунёларини Аллоҳнинг йўлидан тўсиш учун ишлатурлар. Бас, уни сарфлайдилар-у, сўнгра ўша (моллари) ўзларига ҳасрат бўлур, сўнгра мағлуб бўлурлар. Кофир бўлган кимсалар жаҳаннамга тўпланурлар.

181-sahifa · 9-juz · 18-hizb181-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَoʻshalarkiўшаларкиكَفَرُوا۟kufr keltirganlarкуфр келтирганларيُنفِقُونَsarflarlarсарфларларأَمْوَٰلَهُمْmollariniмоллариниلِيَصُدُّوا۟toʻsish uchunтўсиш учунعَن-dan-данسَبِيلِyoʻlidanйўлиданٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингفَسَيُنفِقُونَهَاbas, uni sarflaydilarбас, уни сарфлайдиларثُمَّsoʻngraсўнграتَكُونُboʻladirбўладирعَلَيْهِمْoʻzlarigaўзларигаحَسْرَةًۭhasratҳасратثُمَّkeyinкейинيُغْلَبُونَ ۗmagʻlub boʻlarlarмағлуб бўларларوَٱلَّذِينَva oʻshalarkiва ўшаларкиكَفَرُوٓا۟kufr keltirganlarкуфр келтирганларإِلَىٰ-ga-гаجَهَنَّمَjahannamgaжаҳаннамгаيُحْشَرُونَtoʻplanurlarтўпланурлар
TafsirТафсир

Ushbu surai karima tafsiri muqaddimasida keltirilgan Badr urushi haqidagi rivoyatlarda Makka mushriklarining boylari musulmonlarga, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga qarshi qanchalik molu mulk sarflaganliklarini koʻrib oʻtdik.

«Albatta, kufr keltirganlar mollarini Allohning yoʻlidan toʻsish uchun sarflarlar».

Kofirlar odamlarni Allohning yoʻlidan qaytarish uchun undan keyin ham, hozir ham hisobsiz mablagʻlarini sarflamoqdalar. Ular, oʻzlaricha, bu xarajatlarni ezgulik yoʻlida, savob uchun sarflayapmiz, deb oʻylaydilar. Ular xohlaganlaricha sarflayversinlar, lekin bir kuni kelib, xuddi shu sarflagan mollari oʻzlariga hasrat- nadomat boʻlib qaytadi.

«Bas, ularni sarflaydilar-u, soʻngra, oʻzlariga hasrat boʻladi, keyin magʻlub boʻlurlar».

Bunga Badr urushiga xarjlangan mollar misol boʻla oladi. Mingminglab sarf qilsalar ham, maqsadlariga erisha olmay, magʻlub boʻldilar. Oxiratda esa, jahannamda toʻplanadilar. Bu, Alloh taoloning taʼkid ila bergan xabaridir:

«Kufr keltirganlar jahannamga toʻplanurlar».

Keyingi oyatda ularni magʻlub etish va jahannamda toʻplashdan koʻzlangan maqsad bayon qilinadi: