QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят37

لِيَمِيزَ ٱللَّهُ ٱلْخَبِيثَ مِنَ ٱلطَّيِّبِ وَيَجْعَلَ ٱلْخَبِيثَ بَعْضَهُۥ عَلَىٰ بَعْضٍ فَيَرْكُمَهُۥ جَمِيعًا فَيَجْعَلَهُۥ فِى جَهَنَّمَ ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْخَـٰسِرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh pokdan nopokni ayirishi uchun va nopokning ba'zisi ustiga ba'zisini taxlab, hammasini jahannamga tashlashi uchun. Ana o`shalar ziyon ko`rguvchilardir.Аллоҳ покдан нопокни айириши учун ва нопокнинг баъзиси устига баъзисини тахлаб, ҳаммасини жаҳаннамга ташлаши учун. Ана ўшалар зиён кўргувчилардир.Alauddin Mansour: Alloh nopokni pokdan (kofirni moʻmindan) ajratishi va nopok kimsalarning hammalarini ustma-ust taxlab, jahannamga solishi uchun (toʻplanurlar). Ana oʻshalar ziyon koʻrguvchilardir.Аллоҳ нопокни покдан (кофирни мўминдан) ажратиши ва нопок кимсаларнинг ҳаммаларини устма-уст тахлаб, жаҳаннамга солиши учун (тўпланурлар). Ана ўшалар зиён кўргувчилардир.

181-sahifa · 9-juz · 18-hizb181-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لِيَمِيزَayirishi uchunайириши учунٱللَّهُAllohАллоҳٱلْخَبِيثَnopokniнопокниمِنَ-dan-данٱلطَّيِّبِpokdanпокданوَيَجْعَلَva qilishiва қилишиٱلْخَبِيثَnopokningнопокнингبَعْضَهُۥbaʼzisiniбаъзисиниعَلَىٰustigaустигаبَعْضٍۢboshqa baʼzisiбошқа баъзисиفَيَرْكُمَهُۥbas, uni taxlabбас, уни тахлабجَمِيعًۭاhammasiniҳаммасиниفَيَجْعَلَهُۥbas, uni tashlashiбас, уни ташлашиفِىichigaичигаجَهَنَّمَ ۚjahannamgaжаҳаннамгаأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларهُمُularуларٱلْخَـٰسِرُونَziyon koʻrguvchilardirзиён кўргувчилардир
TafsirТафсир

Yaʼni, Alloh taolo pokdan nopokni ajratib olish uchun bu dunyoda kofirlarni magʻlub etadi. Kim pok boʻlsa, Allohning yoʻlida pok mol sarflagan boʻlsa, u gʻolib boʻladi. Xarjlagan moli uning uchun savobga aylanadi. Kim nopok boʻlsa, kofir boʻlsa, magʻlub boʻladi, sarflagan nopok moli oʻziga hasrat boʻlib qaytadi.

Alloh taolo kofirlarni u dunyoda jahannamga toʻplaydi, ularni pokdan–jannatiy moʻminlardan ajratib olish uchun, xuddi oʻtinni taxlagandek, bir-birlarining ustiga taxlab turib, doʻzaxga tashlash uchun toʻplaydi. Haqiqiy ziyon koʻruvchilar ana shular boʻladi.

Kelgusi oyatda Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob etish orqali hali xam kofirlar tavba qilib, iymonga kelish imkoniga ega ekanliklarini bildiradi.