QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят38

قُل لِّلَّذِينَ كَفَرُوٓا۟ إِن يَنتَهُوا۟ يُغْفَرْ لَهُم مَّا قَدْ سَلَفَ وَإِن يَعُودُوا۟ فَقَدْ مَضَتْ سُنَّتُ ٱلْأَوَّلِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlarga ayt, agar to`xtasalar, o`tgan narsalar mag`firat qilinur va agar qaytadigan bo`lsalar, bas, batahqiq, avvalgilarning sunnati o`tgan.Куфр келтирганларга айт, агар тўхтасалар, ўтган нарсалар мағфират қилинур ва агар қайтадиган бўлсалар, бас, батаҳқиқ, аввалгиларнинг суннати ўтган.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), kofir boʻlgan kimsalarga aytingki, agar (kofirliklaridan) toʻxtasalar, oʻtgan gunohlari magʻfirat qilinur. Agar yana (kofirlikka) qaytsalar, u holda avvalgilarining sunnatlari (yaʼni, koʻrguliklari) oʻtgan-ku, (yaʼni, ularning ham boshlariga avvalgi kofirlarning kuni tushar).(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), кофир бўлган кимсаларга айтингки, агар (кофирликларидан) тўхтасалар, ўтган гуноҳлари мағфират қилинур. Агар яна (кофирликка) қайтсалар, у ҳолда аввалгиларининг суннатлари (яъни, кўргуликлари) ўтган-ку, (яъни, уларнинг ҳам бошларига аввалги кофирларнинг куни тушар).

181-sahifa · 9-juz · 18-hizb181-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قُلaytайтلِّلَّذِينَoʻshalargakiўшаларгакиكَفَرُوٓا۟kufr keltirganlargaкуфр келтирганларгаإِنagarагарيَنتَهُوا۟toʻxtasalarтўхтасаларيُغْفَرْmagʻfirat qilinurмағфират қилинурلَهُمulargaуларгаمَّاnarsalarнарсаларقَدْbatahqiqбатаҳқиқسَلَفَoʻtganўтганوَإِنva agarва агарيَعُودُوا۟qaytadigan boʻlsalarқайтадиган бўлсаларفَقَدْbas, batahqiqбас, батаҳқиқمَضَتْoʻtganўтганسُنَّتُsunnatiсуннатиٱلْأَوَّلِينَavvalgilarningаввалгиларнинг
TafsirТафсир

Yuqoridagi oyatlarda kufrning oqibati nima boʻlishi batafsil bayon qilindi. Hamma narsa ayon boʻldi. Endi, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga oxirgi xulosani kofirlarga aytish topshirilmoqda.

«Kufr keltirganlarga ayt, agar toʻxtasalar, oʻtgan narsalar magʻfirat qilinur».

Yaʼni, agar ular kufr keltirishdan, Islomga va musulmonlarga dushmanlik qilishdan toʻxtasalar, moʻmin boʻlib, yaxshi amallarni qilsalar, ularning avvalgi gunohlari barchasi kechiriladi. Chunki, Islom oʻzidan avvalgi hamma narsani yuvadi.

Imom Buxoriy rivoyat qilgan bir hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Islom oʻzidan avvalgi narsani kesadi, tavba ham oʻzidan avvalgi narsani kesadi»,–deganlar.

Shuningdek, imom Buxoriy Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Kim Islomda yaxshilik qilsa, johiliyatda qilgan amaliga javobgar boʻlmaydi»,–deganlar.

«...agar qaytadigan boʻlsalar, bas, batahqiq, avalgilarning sunnati oʻtgan».

Yaʼni, ular ushbu bayondan keyin ham yana kufrga qaytsalar, Islom va musulmonlarga dushmanlik qilishga qaytsalar, avvalda ularga oʻxshaganlarning odat boʻyicha nima boʻlganlari maʼlum. Ular ham oʻshalarga oʻxshab halok boʻladilar.

Keyingi oyatda Alloh taolo, kofiru mushriklar kufrlarida va dushmanliklarida turaversalar, ularga qarshi urush qilishga buyuradi: