وَقَـٰتِلُوهُمْ حَتَّىٰ لَا تَكُونَ فِتْنَةٌ وَيَكُونَ ٱلدِّينُ كُلُّهُۥ لِلَّهِ ۚ فَإِنِ ٱنتَهَوْا۟ فَإِنَّ ٱللَّهَ بِمَا يَعْمَلُونَ بَصِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ular bilan to fitna bo`lmaguncha va dinning hammasi Allohga bo`lguncha urush qiling. Agar to`xtasalar, bas, Alloh, albatta, nima qilayotganlarini ko`rib turguvchi Zotdir.Ва улар билан то фитна бўлмагунча ва диннинг ҳаммаси Аллоҳга бўлгунча уруш қилинг. Агар тўхтасалар, бас, Аллоҳ, албатта, нима қилаётганларини кўриб тургувчи Зотдир.Alauddin Mansour: To (dunyoda) biron fitna-aldov qolmay, butun din faqat Alloh uchun boʻlgunga qadar ular bilan jang qilinglar! Endi agar (kofirlikdan) toʻxtasalar, bas, albatta Alloh qilayotgan amallarini koʻrguvchidir.То (дунёда) бирон фитна-алдов қолмай, бутун дин фақат Аллоҳ учун бўлгунга қадар улар билан жанг қилинглар! Энди агар (кофирликдан) тўхтасалар, бас, албатта Аллоҳ қилаётган амалларини кўргувчидир.
Yaʼni, ey Paygʻambar, ey moʻminlar, anavi kofirlar kufrlari bilan Islomga va musulmonlarga qarshi fitna qoʻzgʻashdan toʻxtamayaptilar:
«...ular bilan to fitna boʻlmaguncha va dinning hammasi Allohga boʻlguncha, urush qiling».
Ushbu oyatda Islomdagi jihodning maʼnolari qisman bayon qilingan.
Demak, jihodning maqsadlaridan biri Islomga va musulmonlarga qarshi fitnani yoʻq qilishdir. Islom diniga qarshi fitna toʻxtasa, jihodning sabablari bittaga kamayadi. Jihodning yana bir maqsadi–din, boʻysunish, ibodat faqat Allohga boʻlsin. Bandaga boʻlmasin, bosh-qa narsalarga boʻlmasin. Hamma oʻz holiga, ixtiyoriga qoʻyib berilsin. Mabodo, bandalarni oʻzlariga oʻxshagan bandalarga yoki boshqa biror narsaga ibodat qildirishga harakat boʻlsa, jihod lozim boʻladi.
«Agar toʻxtasalar, bas, Alloh, albatta, nima qilayotganlarini koʻrib turguvchi zotdir».
Yaʼni, ular Islomga va musulmonlarga qarshi fitna qilishdan, dinning barchasi Alloh uchun boʻlishiga qarshilik koʻrsatishdan toʻxtasalar, musulmonlar ham jihoddan toʻxtaydilar. Ularni soʻroq-savolga tutib, taftish ham qilib yurmaydilar. Bunday ishlarning oʻz egasi bor. Alloh taolo nima qilayotganlarini koʻrib-bilib turibdi. Oʻzi hisob-kitob qilib oladi.