وَإِن تَوَلَّوْا۟ فَٱعْلَمُوٓا۟ أَنَّ ٱللَّهَ مَوْلَىٰكُمْ ۚ نِعْمَ ٱلْمَوْلَىٰ وَنِعْمَ ٱلنَّصِيرُ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar yuz o`girsalar, bas, bilginki, albatta, Alloh xojangizdir. U qanday ham yaxshi xoja va qanday ham yaxshi nusrat berguvchi!Агар юз ўгирсалар, бас, билгинки, албатта, Аллоҳ хожангиздир. У қандай ҳам яхши хожа ва қандай ҳам яхши нусрат бергувчи!Alauddin Mansour: Agar (kofirlar iymondan) yuz oʻgirsalar, bas, (ey moʻminlar), bilingizki, shubhasiz, Alloh Xojangizdir. U zot naqadar yaxshi xoja va naqadar yaxshi yordamchidir.Агар (кофирлар иймондан) юз ўгирсалар, бас, (эй мўминлар), билингизки, шубҳасиз, Аллоҳ Хожангиздир. У зот нақадар яхши хожа ва нақадар яхши ёрдамчидир.
Yaʼni, agar kofirlar sizning gapingizni, daʼvatingizni eshitmay, yuz oʻgirib ketsalar, kufrlaridan va fitna qilishdan qaytmasalar, hech eʼtibor bermay, ularga qarshi kurashni davom ettiravering. «...albatta, Alloh xojangizdir». U sizni himoya qiladi va sizga gʻalaba beradi. «U qanday ham yaxshi xoja va qanday ham yaxshi nusrat berguvchi!» Urush boʻlgandan keyin oʻlja masalasi ham oʻz-oʻzidan paydo boʻladi. Kelasi oyatda ana shu masalaga toʻxtaladi.