QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят63

وَأَلَّفَ بَيْنَ قُلُوبِهِمْ ۚ لَوْ أَنفَقْتَ مَا فِى ٱلْأَرْضِ جَمِيعًا مَّآ أَلَّفْتَ بَيْنَ قُلُوبِهِمْ وَلَـٰكِنَّ ٱللَّهَ أَلَّفَ بَيْنَهُمْ ۚ إِنَّهُۥ عَزِيزٌ حَكِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Hamda ularning qalblarini birlashtirgan Zotdir. Agar yer yuzidagi hamma narsani sarf qilsang ham, ularning qalblarini birlashtira olmas eding. Lekin Alloh ularni birlashtirdi. Albatta, U g`olib va hikmatli Zotdir.Ҳамда уларнинг қалбларини бирлаштирган Зотдир. Агар ер юзидаги ҳамма нарсани сарф қилсанг ҳам, уларнинг қалбларини бирлаштира олмас эдинг. Лекин Аллоҳ уларни бирлаштирди. Албатта, У ғолиб ва ҳикматли Зотдир.Alauddin Mansour: U ularning (moʻminlarning) dillarini birlashtirgan Zotdir. Agar (siz) Yerdagi bor narsani sarflasangiz ham, ularning dillarini birlashtira olmagan boʻlur edingiz. Lekin Alloh ularni birlashtirdi. Albatta, U qudratli, hikmatlidir.У уларнинг (мўминларнинг) дилларини бирлаштирган Зотдир. Агар (сиз) Ердаги бор нарсани сарфласангиз ҳам, уларнинг дилларини бирлаштира олмаган бўлур эдингиз. Лекин Аллоҳ уларни бирлаштирди. Албатта, У қудратли, ҳикматлидир.

185-sahifa · 10-juz · 19-hizb185-саҳифа · 10-жуз · 19-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَلَّفَva birlashtirganва бирлаштирганبَيْنَorasiniорасиниقُلُوبِهِمْ ۚularning qalblariуларнинг қалблариلَوْagarагарأَنفَقْتَsarf qilsang ediсарф қилсанг эдиمَاnimaikiнимаикиفِى-dagi-дагиٱلْأَرْضِyer yuziер юзиجَمِيعًۭاhammasiniҳаммасиниمَّآemasэмасأَلَّفْتَbirlashtira olar edingбирлаштира олар эдингبَيْنَorasiniорасиниقُلُوبِهِمْularning qalblariуларнинг қалблариوَلَـٰكِنَّlekinлекинٱللَّهَAllohАллоҳأَلَّفَbirlashtirdiбирлаштирдиبَيْنَهُمْ ۚularning orasiniуларнинг орасиниإِنَّهُۥalbatta, Uалбатта, Уعَزِيزٌgʻolibdirғолибдирحَكِيمٌۭhikmatlidirҳикматлидир
TafsirТафсир

Gohida kofirlar tinchlikka moyil boʻlib koʻrinib, seni aldashga urinishlaridan qoʻrqma. Ular:

«Agar seni aldashni iroda qilsalar, bas, senga Alloh kifoya qiladir».

Seni Uning Oʻzi saqlaydi. Senga Uning Oʻzi yordam beradi. Chunki:

«U seni Oʻz nusrati va moʻminlar bilan qoʻllagan hamda ularning qalblarini birlashtirgan Zotdir».

Alloh seni Badrda qoʻllagan, nusrat bergan Zotdir. Undan keyin ham senga nusrat berdi.

Alloh seni moʻminlar bilan qoʻllagan Zotdir. Bundan keyin ham ular bilan qoʻllaydi.

Moʻminlarning qalblarini birlashtirgan Zot ham Allohdir. Shu bilan birga, ularni katta kuchga aylantirgan Zot ham Alloh.

«Agar yer yuzidagi hamma narsani sarf qilsang ham, ularning qalblarini birlashtira olmas eding».

Chunki, ularning orasida adovat juda ham kuchli edi. Misol uchun, Madiyna musulmonlarini tashkil qiluvchi Avs va Hazraj qabilalari qadimdan bir-birlari bilan chiqisha olmay, toʻxtovsiz urush-janjallar bilan kelardilar. Shuningdek, Makkalik musulmon boʻlganlar orasida ham bundan qolishmaydigan adovat hukm surardi. Madiynalik va Makkaliklar orasini birlashtirish haqida gap ham boʻlishi mumkin emas edi.

«Lekin Alloh ularni birlashtirdi».

Insoniyat tarixida turli xalqlar, qabila-urugʻlar va millatlarni Islomchalik birlashtirgan tuzum yoki mafkura yoʻq. Boʻlmaydi ham. Kishilar qalbidan Islom munosib oʻrin olgan joylarda va zamonlarda millatchilik, mahalliychilik va tarafkashlikning salbiy koʻrinishlari tamoman yoʻqolgan. (Bu masalalar xalqlar boshiga bitgan balo boʻlgani hammaga maʼlum.) Chunki, Islom birodarligi irq, nasab, til, qabila, qavm asosida emas, Allohga muhabbat asosida boʻladi.

Uzoq yillar davomida bir-birlari bilan urushib kelgan turli qabilalarning Alloh yoʻlida, iymon-Islom yoʻlida birlashishi xuddi moʻʼjiza boʻlgan. Keyinchalik Islom turli oʻlkalarga tarqalganida ham ushbu moʻʼjiza takrorlangan. Turli xalqlar, millat va elatlar bir onadan tugʻilgandan ham afzal boʻlib yashaganlar.

Islomdan uzoqlashganlarida esa, bir-birlariga dushmanga aylanganlar.

Musulmonlarning birodar ekanliklari koʻpgina oyatlar bilan birga Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bir qancha hadisi shariflarida ham vorid boʻlgan. Shulardan bittasini keltirib oʻtmoqchimiz.

Imom Abu Dovud Sijistoniy rivoyat qilgan hadisda Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning quyidagi gaplari aytiladi: «Albatta, Allohning bandalari ichida shunday odamlar borki, ular Paygʻambar ham emas, shahid ham emas. Lekin qiyomat kuni ularning Alloh huzuridagi martabalariga Paygʻambarlar ham havas qilishadi»,–dedilar. «Ey, Allohning Rasuli, bizga ular kimligining xabarini berasizmi?»–deb soʻrashdi. «Ular Allohdan boʻlgan ruh ila bir-birlariga muhabbat qoʻygan qavmlardir. Ularning orasida qarindoshlik aloqasi ham, mol oldi-berdisi ham yoʻq. Allohga qasamki, ularning yuzlari nurlidir. Ular nurdadirlar. Odamlarga xavf tushganda, ular xavf qilmaydilar. Odamlar xafa boʻlganlarida, ular xafa boʻlmaydilar»,–dedilar.

Musulmonlarning ana shu tarzda doʻst-birodar boʻlishlari ularga zafar yor boʻlishining bosh omillaridan biri ekanligini hozirgi musulmonman deb yurganlar ham tushunib yetmoqlari lozim.

Keyingi oyatda Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamni va moʻminlarni xotirjam qilib, bundoq deydi: