وَإِذْ يَعِدُكُمُ ٱللَّهُ إِحْدَى ٱلطَّآئِفَتَيْنِ أَنَّهَا لَكُمْ وَتَوَدُّونَ أَنَّ غَيْرَ ذَاتِ ٱلشَّوْكَةِ تَكُونُ لَكُمْ وَيُرِيدُ ٱللَّهُ أَن يُحِقَّ ٱلْحَقَّ بِكَلِمَـٰتِهِۦ وَيَقْطَعَ دَابِرَ ٱلْكَـٰفِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`shanda Alloh sizga ikki toifadan biri albatta sizniki bo`lishini va'da qilgan edi. Sizlar shavkati yo`g`i sizlarniki bo`lishini suyar edingiz. Alloh esa, O`z kalimalari ila haqni haq qilishni va kofirlarning dumini qirqishni iroda qilgan edi.Ўшанда Аллоҳ сизга икки тоифадан бири албатта сизники бўлишини ваъда қилган эди. Сизлар шавкати йўғи сизларники бўлишини суяр эдингиз. Аллоҳ эса, Ўз калималари ила ҳақни ҳақ қилишни ва кофирларнинг думини қирқишни ирода қилган эди.Alauddin Mansour: Oʻshanda (ey moʻminlar), Alloh ikki toifadan (yaʼni, karvon va qoʻshindan) birini sizlar uchun (oʻlja) qilishga vaʼda bergan edi. Sizlar qurol-yarogʻsiz toifa (yaʼni, karvon) oʻzingiz uchun boʻlishini istagan edingiz. Alloh esa Oʻz soʻzlari bilan haqiqatni muqarrar etishni va kofirlarning dumini qirqishni iroda qilgan edi.Ўшанда (эй мўминлар), Аллоҳ икки тоифадан (яъни, карвон ва қўшиндан) бирини сизлар учун (ўлжа) қилишга ваъда берган эди. Сизлар қурол-яроғсиз тоифа (яъни, карвон) ўзингиз учун бўлишини истаган эдингиз. Аллоҳ эса Ўз сўзлари билан ҳақиқатни муқаррар этишни ва кофирларнинг думини қирқишни ирода қилган эди.
Yaʼni, Badr tomon yurgan vaqtingizda, ikki toifadan biri « yoki Abu Sufyonning karvoni yoki Quraysh lashkarlari sizniki boʻlishini Alloh vaʼda qilgan edi. Ulardan biri albatta sizning qoʻlingizga kirishi aniq edi.
«Sizlar shavkati yoʻgʻi sizlarniki boʻlishini suyar edingiz».
Yaʼni, siz oʻsha ikki toifadan quvvati yoʻgʻi, Abu Sufyonning karvoni sizniki boʻlishni xohlar edingiz. Chunki, ming tuyaga ortilgan yukni qirqtagina odam haydab kelayotgan edi. Ular bilan toʻqnashsangiz, karvondagi molu-mulklarni osongina qoʻlga kiritar edingiz.
«Alloh esa, Oʻz kalimalari ila haqni haq qilishni va kofirlarning dumini qirqishni iroda qilgan edi».
Alloh taolo shavkati yoʻq–zaif toifani qoʻlga kiritishingizni iroda qilmadi. Abu Sufyonga imkon berdi. U yoʻlni burib, sohil boʻylab yurdi-da, qutulib ketdi. Alloh haqni haq qilishni–haqiqatni yuzaga chiqarishni iroda qilgan edi, yaʼni Islomning haq ekanini zohir qilishni va kofirlarning dumini qirqib, hovurlaridan tushirishni xohlagan edi. Shuning uchun ham, qurayshliklarni adashtirdi. Ular Abu Sufyon qutulib ketgandan keyin qaytishlari afzal ekanligi haqidagi gaplarni qabul etmadilar. Oʻzlarining ichidan chiqqan Utba ibn Robiʼa kabilarning nasihatlariga ham quloq osmadilar. Voqealarning avvalidan ish shu tomonga qarab ketayotganini, ehtimol, hech kim boshdan anglamagandir. Ammo, hamma ishni hikmat bilan qiladigan, tadbirkor zot Alloh taolo osongina qoʻlga kiritish mumkin boʻlgan dunyo matohini emas, haqni yuzaga chiqarishni, Islomni zohir qilishni, kofirlarni yerga urishni xohladi. Shuning uchun, sizning Quraysh askari bilan toʻqnashishingizni iroda qildi. Ha, Alloh taolo: