QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят75

وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ مِنۢ بَعْدُ وَهَاجَرُوا۟ وَجَـٰهَدُوا۟ مَعَكُمْ فَأُو۟لَـٰٓئِكَ مِنكُمْ ۚ وَأُو۟لُوا۟ ٱلْأَرْحَامِ بَعْضُهُمْ أَوْلَىٰ بِبَعْضٍ فِى كِتَـٰبِ ٱللَّهِ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌۢ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Keyin iymon keltirib, hijrat qilgan va sizlar bilan jihod qilganlar ham sizlardandir. Allohning kitobida qarindoshlar bir-birlariga haqliroqdirlar. Albatta, Alloh har bir narsani bilguvchi Zotdir.Кейин иймон келтириб, ҳижрат қилган ва сизлар билан жиҳод қилганлар ҳам сизлардандир. Аллоҳнинг китобида қариндошлар бир-бирларига ҳақлироқдирлар. Албатта, Аллоҳ ҳар бир нарсани билгувчи Зотдир.Alauddin Mansour: (Sizlardan) keyin iymon keltirib hijrat qilgan va sizlar bilan birga kurashgan zotlar — ana oʻshalar sizlardandir. Allohning Kitobida qon-qarindoshlar bir-birlariga (merosxoʻr boʻlishga) haqdorroqdirlar. Albatta, Alloh hamma narsani bilguvchidir.(Сизлардан) кейин иймон келтириб ҳижрат қилган ва сизлар билан бирга курашган зотлар — ана ўшалар сизлардандир. Аллоҳнинг Китобида қон-қариндошлар бир-бирларига (меросхўр бўлишга) ҳақдорроқдирлар. Албатта, Аллоҳ ҳамма нарсани билгувчидир.

186-sahifa · 10-juz · 19-hizb186-саҳифа · 10-жуз · 19-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلَّذِينَva oʻshalarва ўшаларءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганمِنۢ-dan-данبَعْدُkeyinкейинوَهَاجَرُوا۟va hijrat qilganва ҳижрат қилганوَجَـٰهَدُوا۟va jihod qilganва жиҳод қилганمَعَكُمْsizlar bilanсизлар биланفَأُو۟لَـٰٓئِكَbas, ana oʻshalarбас, ана ўшаларمِنكُمْ ۚsizlardandirсизлардандирوَأُو۟لُوا۟va egalariва эгалариٱلْأَرْحَامِqarindoshlikқариндошликبَعْضُهُمْulardan baʼzilariулардан баъзилариأَوْلَىٰhaqliroqdirlarҳақлироқдирларبِبَعْضٍۢbaʼzilarigaбаъзиларигаفِى-da-даكِتَـٰبِkitobiкитобиٱللَّهِ ۗAllohningАллоҳнингإِنَّalbattaалбаттаٱللَّهَAllohАллоҳبِكُلِّhar birҳар бирشَىْءٍnarsaniнарсаниعَلِيمٌۢbilguvchidirбилгувчидир
TafsirТафсир

Yaʼni, birinchi hijratdan keyin iymon keltirib, hijrat qilgan va sizlar bilan birga jihodga chiqqan musulmonlar ham sizlardandir.

Oyati karimadagi

«Allohning kitobida qarindoshlar bir-birlariga haqliroqdirlar», jumlasida meros masalasi koʻzda tutilgan. Hijratdan soʻng meros maʼlum muddat musulmon birodarligi asosida taqsimlangan boʻlsa ham, keyinchalik hammasi oʻz oʻrniga tushib, musulmonlar orasidagi merosxoʻrlik qarindoshlik asosida boʻlishi tayin qilingan. Ammo, kim boʻlishidan qatʼinazar, kofir bilan musulmon oʻrtasida merosxoʻrlik boʻlmaydi.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam: «Kofir musulmonlardan meros olmaydi»,–deganlar.

«Albatta, Alloh har bir narsani bilguvchi Zotdir».