وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَهَاجَرُوا۟ وَجَـٰهَدُوا۟ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلَّذِينَ ءَاوَوا۟ وَّنَصَرُوٓا۟ أُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُؤْمِنُونَ حَقًّا ۚ لَّهُم مَّغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Iymon keltirgan, hijrat etgan, Allohning yo`lida jihod qilganlar va joy berib, yordam ko`rsatganlar, ana o`shalar haq mo`minlardir. Ular uchun mag`firat va karamli rizq bordir.Иймон келтирган, ҳижрат этган, Аллоҳнинг йўлида жиҳод қилганлар ва жой бериб, ёрдам кўрсатганлар, ана ўшалар ҳақ мўминлардир. Улар учун мағфират ва карамли ризқ бордир.Alauddin Mansour: Iymon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yoʻlida kurashgan zotlar va (muhojirlarga) uy-joy berib, yordam qilgan zotlar — ana oʻshalar haqiqiy moʻminlar boʻlib, ular uchun magʻfirat va ulugʻ rizq bordir.Иймон келтирган, ҳижрат қилган ва Аллоҳ йўлида курашган зотлар ва (муҳожирларга) уй-жой бериб, ёрдам қилган зотлар — ана ўшалар ҳақиқий мўминлар бўлиб, улар учун мағфират ва улуғ ризқ бордир.
Ushbu oyatda haq moʻminlik vasflari muhojir va ansoriylar misolida yana bir bor zikr qilinmoqda.
Bu, avvalo, iymon keltirgandan boshlansa, soʻngra oʻsha iymon taqozosi ila, kerak boʻlganda, vatandan, molu mulkdan, qarindoshurugʻdan, mansabdan va boshqa imtiyozlardan voz kechib, din uchun hijrat qilishdir, Allohning yoʻlida kurashishdir, hijrat qilib kelgan moʻmin birodariga boshpana berish hamda ularga kerakli yordamlarni koʻrsatishdir. Ana oʻsha sifatlarni oʻzida mujassam qilgan inson haq moʻmin boʻladi.
«Iymon keltirgan, hijrat etgan, Allohning yoʻlida jihod qilganlar va joy berib, yordam koʻrsatganlar, ana oʻshalar haq moʻminlardir».
Ularni Alloh magʻfirat qiladi. Karamli rizq, jannatni beradi.
«Ular uchun magʻfirat va karamli rizq bordir».