وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَآءُ بَعْضٍ ۚ إِلَّا تَفْعَلُوهُ تَكُن فِتْنَةٌ فِى ٱلْأَرْضِ وَفَسَادٌ كَبِيرٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlar bir-birlariga valiydirlar. Agar (mazkur narsani) qilmasangiz, yer yuzida fitna va katta fasod bo`ladir.Куфр келтирганлар бир-бирларига валийдирлар. Агар (мазкур нарсани) қилмасангиз, ер юзида фитна ва катта фасод бўладир.Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan kimsalar bir-birlariga hamkordirlar. (Bas, ey moʻminlar, sizlar ularni oʻzlaringizga dushman tutingiz). Agar shunday qilmasanglar (yaʼni, moʻminga doʻst, kofirga dushman boʻlmasanglar), yerda fitna va katta fasod boʻlur.Кофир бўлган кимсалар бир-бирларига ҳамкордирлар. (Бас, эй мўминлар, сизлар уларни ўзларингизга душман тутингиз). Агар шундай қилмасанглар (яъни, мўминга дўст, кофирга душман бўлмасанглар), ерда фитна ва катта фасод бўлур.
Yaʼni musulmonlar bir-birlariga valiy–doʻst, homiy, mahbub, javobgar boʻlganidek, kofirlar ham bir-birlariga valiydirlar. Ular hammalari bir boʻlib, musulmonlarga qarshi dushmanlik qiladilar. Ularning maqsadlari musulmonlarni yoʻq qilishdir.
Agar siz, musulmonlar, yuqorida zikr qilingan valiylik, bir- biringizga nisbatan doʻstlik, birodarlik, homiylik, mahbublik va javobgarlikni his etib, ularga tuzukroq amal qilmasangiz:
«...yer yuzida fitna va katta fasod boʻladir».
Bu fitna va fasodni kofirlar qiladi.