QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят72

إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَهَاجَرُوا۟ وَجَـٰهَدُوا۟ بِأَمْوَٰلِهِمْ وَأَنفُسِهِمْ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ وَٱلَّذِينَ ءَاوَوا۟ وَّنَصَرُوٓا۟ أُو۟لَـٰٓئِكَ بَعْضُهُمْ أَوْلِيَآءُ بَعْضٍ ۚ وَٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَلَمْ يُهَاجِرُوا۟ مَا لَكُم مِّن وَلَـٰيَتِهِم مِّن شَىْءٍ حَتَّىٰ يُهَاجِرُوا۟ ۚ وَإِنِ ٱسْتَنصَرُوكُمْ فِى ٱلدِّينِ فَعَلَيْكُمُ ٱلنَّصْرُ إِلَّا عَلَىٰ قَوْمٍۭ بَيْنَكُمْ وَبَيْنَهُم مِّيثَـٰقٌ ۗ وَٱللَّهُ بِمَا تَعْمَلُونَ بَصِيرٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, iymon keltirgan, hijrat qilgan, Allohning yo`lida molu jonlari bilan jihod qilganlar va joy berib, yordam ko`rsatganlar, ana o`shalar bir-birlariga valiydirlar. Iymon keltirgan, ammo hijrat qilmaganlarga esa, to hijrat qilmagunlaricha, siz hech valiy bo`la olmassiz. Agar ular sizdan dinda yordam so`rasalar, yordam bermog`ingiz vojib. Faqat, siz bilan o`rtalarida ahdnoma bor qavm ziddiga emas. Alloh nima qilayotganingizni ko`rguvchi Zotdir.Албатта, иймон келтирган, ҳижрат қилган, Аллоҳнинг йўлида молу жонлари билан жиҳод қилганлар ва жой бериб, ёрдам кўрсатганлар, ана ўшалар бир-бирларига валийдирлар. Иймон келтирган, аммо ҳижрат қилмаганларга эса, то ҳижрат қилмагунларича, сиз ҳеч валий бўла олмассиз. Агар улар сиздан динда ёрдам сўрасалар, ёрдам бермоғингиз вожиб. Фақат, сиз билан ўрталарида аҳднома бор қавм зиддига эмас. Аллоҳ нима қилаётганингизни кўргувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Albatta, iymon keltirgan, hijrat qilgan va molu jonlari bilan Alloh yoʻlida kurashgan zotlar va (Makkadan hijrat qilib kelgan muhojirlarga) uy-joy berib, yordam qilgan zotlar — ana oʻshalar, bir-birlariga doʻstdirlar. (Yaʼni, tiriklari bir-biriga hamkor, oʻrtalarida oʻlim boʻlsa, bir-birlariga merosxoʻrdirlar). Iymon keltirgan, ammo hijrat qilmagan (yaʼni, hali-hanuz Makkada yashab turgan) kishilar esa to hijrat qilmagunlaricha sizlar ularga doʻstlik qila olmaysizlar (yaʼni, bir-birlaringizga hamkor, merosxoʻr boʻla olmaysizlar). Agar ular din yoʻlida sizlardan yordam soʻrasalar, yordam qilish zimmangizdadir. Magar ularga, oʻrtalaringizda (urushmaslik haqida) ahd-paymon boʻlgan qavmga zarar yetkazish bilan yordam qilmaysizlar. Alloh qilayotgan amallaringizni koʻrguvchidir.Албатта, иймон келтирган, ҳижрат қилган ва молу жонлари билан Аллоҳ йўлида курашган зотлар ва (Маккадан ҳижрат қилиб келган муҳожирларга) уй-жой бериб, ёрдам қилган зотлар — ана ўшалар, бир-бирларига дўстдирлар. (Яъни, тириклари бир-бирига ҳамкор, ўрталарида ўлим бўлса, бир-бирларига меросхўрдирлар). Иймон келтирган, аммо ҳижрат қилмаган (яъни, ҳали-ҳануз Маккада яшаб турган) кишилар эса то ҳижрат қилмагунларича сизлар уларга дўстлик қила олмайсизлар (яъни, бир-бирларингизга ҳамкор, меросхўр бўла олмайсизлар). Агар улар дин йўлида сизлардан ёрдам сўрасалар, ёрдам қилиш зиммангиздадир. Магар уларга, ўрталарингизда (урушмаслик ҳақида) аҳд-паймон бўлган қавмга зарар етказиш билан ёрдам қилмайсизлар. Аллоҳ қилаётган амалларингизни кўргувчидир.

186-sahifa · 10-juz · 19-hizb186-саҳифа · 10-жуз · 19-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلَّذِينَoʻshalarўшаларءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганوَهَاجَرُوا۟va hijrat qilganва ҳижрат қилганوَجَـٰهَدُوا۟va jihod qilganва жиҳод қилганبِأَمْوَٰلِهِمْmollari bilanмоллари биланوَأَنفُسِهِمْva jonlari bilanва жонлари биланفِى-da-даسَبِيلِyoʻlidaйўлидаٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَٱلَّذِينَva oʻshalarва ўшаларءَاوَوا۟joy berganжой берганوَّنَصَرُوٓا۟va yordam koʻrsatganва ёрдам кўрсатганأُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларبَعْضُهُمْulardan baʼzilariулардан баъзилариأَوْلِيَآءُvaliydirlarвалийдирларبَعْضٍۢ ۚbaʼzilarigaбаъзиларигаوَٱلَّذِينَva oʻshalarва ўшаларءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганوَلَمْva emasва эмасيُهَاجِرُوا۟hijrat qildilarҳижрат қилдиларمَاemasэмасلَكُمsizgaсизгаمِّن-dan-данوَلَـٰيَتِهِمularning valiyligiуларнинг валийлигиمِّن-dan-данشَىْءٍhech narsaҳеч нарсаحَتَّىٰtoтоيُهَاجِرُوا۟ ۚhijrat qilmagunlarichaҳижрат қилмагунларичаوَإِنِva agarва агарٱسْتَنصَرُوكُمْsizdan yordam soʻrasalarсиздан ёрдам сўрасаларفِى-da-даٱلدِّينِdinдинفَعَلَيْكُمُbas, sizning zimmangizdaбас, сизнинг зиммангиздаٱلنَّصْرُyordam bermoqёрдам бермоқإِلَّاfaqatфақатعَلَىٰziddiga emasзиддига эмасقَوْمٍۭqavmқавмبَيْنَكُمْsiz bilanсиз биланوَبَيْنَهُمva ular oʻrtasidaва улар ўртасидаمِّيثَـٰقٌۭ ۗahdnoma borаҳднома борوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳبِمَاnimaniниманиتَعْمَلُونَqilayotganingizniқилаётганингизниبَصِيرٌۭkoʻrguvchidirкўргувчидир
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimani tafsir qilishdan oldin Islomda «vala» tushunchasi haqida soʻzlab oʻtish lozim. Bu soʻz «valiy», «valiya» soʻzlari bilan bir oʻzak va bir maʼnoda boʻlib, yaqin doʻst, mahbub, homiy va javobgar maʼnolarini anglatadi. Bular insoniy aloqalarga bogʻliq sifatlardir. Moʻmin kishi moʻminning valiysi, deganda, yaqini, doʻsti, homiysi va javobgari, degan maʼno anglashiladi. Shunga asoslanib, baʼzi haq-huquq va majburiyatlar kelib chiqadi. Misol uchun, merosxoʻrlik va xun toʻlash masalalariga oʻxshash ishlar.

Islomda «vala» aqiyda asosida boʻladi. Kim moʻmin-musulmon boʻlib, Islomga kirar ekan, boshqa hamma vosita va aloqalardan uzilib, aqiyda ila bogʻlanadi. Barcha moʻmin-musulmonlar uning valiysiga aylanadi. Qarindoshlari moʻmin boʻlmasa, valiy emaslar; qabilasi moʻmin boʻlmasa, valiy emas; jamiyati moʻmin boʻlmasa, valiy emas.

Ushbu oyati karimadagi:

«Iymon keltirgan, hijrat qilgan, Allohning yoʻlida molu jonlari bilan jihod qilganlar»dan murod Makkai Mukarramadan Madiynai Munavvaraga hijrat qilib kelgan muhojir musulmonlardir.

«...joy berib, yordam koʻrsatganlar» esa, oʻsha hijrat qilib kelgan muhojirlarga joy bergan, ularga kerakli yordam koʻrsatgan madiynalik musulmonlar–ansoriylardir. Alloh taolo ularni bir- birlariga valiy–doʻst, mahbub, homiy va javobgar, deb eʼlon qilmoqda. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam ham ularni dindosh birodarlar, deb eʼlon qilganlar. Muhojirlardan har bir kishini ansoriylarning birortasi bilan aka-uka qilib qoʻyganlar. Bu diniy birodarlik (yoki aloqa) qarindoshlik, tugʻishganlik aloqalaridan ustun sanalgan. Ular hamma masalalarda, hatto meros masalasida ham mana shu aloqaga tayanib ish koʻrganlar. Ularning bir-birlariga valiyliklari bir-birlariga yordam berishda, meros taqsimlashda, xun toʻlashda, qarzlarini oʻtash va tugʻishganlar orasida boʻladigan boshqa homiylik va javobgarlik masalalarida ham oʻz aksini topgan.

«Iymon keltirgan, ammo hijrat qilmaganlarga esa, to hijrat qilmagunlaricha, siz hech valiy boʻla olmassiz».

Baʼzi bir kishilar iymon keltirgan boʻlsalar ham, turli bahonalar bilan hijrat qilmagan, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga boshqalar kabi bayʼat bermagan, johiliyat jamiyatidan ajralib chiqmagan edi. Shuning uchun, ularga valiylik yoʻq, shuning uchun ham, «valiy»likni ularga berib boʻlmaydi. Ammo:

«Agar ular sizdan dinda yordam soʻrasalar, yordam bermogʻingiz vojib»dir.

Agar hijrat qilmagan musulmonlarning eʼtiqodlari xavf ostida qolib, yordam soʻrasalar, ularga bu sohada yordam bermoq lozim. Sharti shulki:

«Faqat, siz bilan oʻrtalarida ahdnoma bor qavm ziddiga emas».

Chunki, musulmon jamiyati jamoat nomidan boshqalarga ahd berib qoʻygandan keyin, unga vafo qilish lozim. Haligi yordamga muhtoj kishilar esa, oʻz ixtiyorlari bilan musulmonlar jamoasiga qoʻshilmay yuribdilar.

«Alloh nima qilayotganingizni koʻrguvchi Zotdir».

Kim iymon keltirdi, hijrat qildi–koʻradi. Kim iymon keltirdi-yu, hijrat qilmadi, uni ham koʻradi. Kim umuman iymon keltirmadi–buni-da koʻradi.