QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят71

وَإِن يُرِيدُوا۟ خِيَانَتَكَ فَقَدْ خَانُوا۟ ٱللَّهَ مِن قَبْلُ فَأَمْكَنَ مِنْهُمْ ۗ وَٱللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar senga xiyonat qilishni istasalar, batahqiq, bundan oldin Allohga xiyonat qilgan edilar. Bas, U ularga qarshi imkon topdi. Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir.Агар сенга хиёнат қилишни истасалар, батаҳқиқ, бундан олдин Аллоҳга хиёнат қилган эдилар. Бас, У уларга қарши имкон топди. Аллоҳ билгувчи ва ҳикматли Зотдир.Alauddin Mansour: Agar ular sizga xiyonat qilmoqchi boʻlsalar — bas, (bilingizki) ular ilgari Allohga ham xiyonat qilgan edilar. Shunda Alloh (sizni) ularga gʻolib qildi. Alloh bilim, hikmat Sohibidir.Агар улар сизга хиёнат қилмоқчи бўлсалар — бас, (билингизки) улар илгари Аллоҳга ҳам хиёнат қилган эдилар. Шунда Аллоҳ (сизни) уларга ғолиб қилди. Аллоҳ билим, ҳикмат Соҳибидир.

186-sahifa · 10-juz · 19-hizb186-саҳифа · 10-жуз · 19-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِنva agarва агарيُرِيدُوا۟istasalarистасаларخِيَانَتَكَsenga xiyonat qilishniсенга хиёнат қилишниفَقَدْbas, batahqiqбас, батаҳқиқخَانُوا۟xiyonat qilgan edilarхиёнат қилган эдиларٱللَّهَAllohgaАллоҳгаمِن-dan-данقَبْلُbundan oldinбундан олдинفَأَمْكَنَbas, imkon topdiбас, имкон топдиمِنْهُمْ ۗularga qarshiуларга қаршиوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳعَلِيمٌbilguvchidirбилгувчидирحَكِيمٌhikmatlidirҳикматлидир
TafsirТафсир

Yaʼni, oʻsha asirlar, qalbimizda iymonimiz bor, deb seni aldashni–xiyonat qilishni istayotgan boʻlsalar, hech ajablanadigan joyi yoʻq.

«Agar senga xiyonat qilishni istasalar, batahqiq, bundan oldin Allohga xiyonat qilgan edilar».

Ular Allohga miysoqda bergan ahdlariga xiyonat qilib kofir- mushrik boʻlishdi. Alloh va Rasuliga qarshi urushga kelishdi.

«Bas, U ularga qarshi imkon topdi».

Seni ularga gʻolib qildi va ularni asirga tushirdi. Alloh nima qilishni Oʻzi yaxshi biladi va har bir ishni hikmat bilan qiladi. Chunki:

«Alloh bilguvchi va hikmatli Zotdir».

Ushbu oyatning tafsirida imom Qurtubiy Ibn Arabiydan quyidagilarni naql qilganlar: «Asirga tushgan mushriklarning baʼzilari Islomni qabul qilganlarini aytdilar. Lekin azmu qarorlari yoʻq edi. Toʻliq eʼtirof ham qilmadilar. Ular musulmonlarga yaqinlashishni va shu bilan bir vaqtning oʻzida mushriklardan ayrilmaslikni ham istar edilar».

Ulamolarimiz: «Agar kishi qalbidagi iymon haqida tili bilan gapirsa-yu, azmu qaror qilmagan boʻlsa, moʻmin boʻlmaydi. Agar shunga oʻxshash ish moʻmindan sodir boʻlsa, kofir boʻladi»–deb hukm chiqarishgan. Lekin oʻz ixtiyori bilan, kofirlarga yoqish uchun, dilida azmu qaror qilinmasdan, tilida «dindan qaytdim» deb aytsa ham kofir hisoblanaveradi.

Ushbu gaplar xuddi hozirgi kunimiz uchun aytilganga oʻxshaydi. Vaqti kelganda, musulmonlarga yaxshi koʻrinish uchun Islomni daʼvo qiluvchilar shunday koʻpayadiki, koʻrib hayron qolasan. Ish bitgandan keyin avvalgidek ketaverishini koʻrib, yana bir hayratlanasan.

Surai karimaning soʻnggi oyatlarida Islom jamiyatidagi aloqalar va Islom jamiyati bilan boshqa jamiyatlar orasidagi muomalalar haqida soʻz ketadi: