QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят70

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ قُل لِّمَن فِىٓ أَيْدِيكُم مِّنَ ٱلْأَسْرَىٰٓ إِن يَعْلَمِ ٱللَّهُ فِى قُلُوبِكُمْ خَيْرًا يُؤْتِكُمْ خَيْرًا مِّمَّآ أُخِذَ مِنكُمْ وَيَغْفِرْ لَكُمْ ۗ وَٱللَّهُ غَفُورٌ رَّحِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey Nabiy, qo`lingizdagi asirlarga: «Agar qalblaringizda yaxshilik bo`lsa, Alloh bilur va sizga o`zingizdan olingan narsadan ko`ra yaxshiroq narsani berur va sizni mag`firat qilur. Alloh mag`firat qilguvchi va rahimli Zotdir», – deb ayt!Эй Набий, қўлингиздаги асирларга: «Агар қалбларингизда яхшилик бўлса, Аллоҳ билур ва сизга ўзингиздан олинган нарсадан кўра яхшироқ нарсани берур ва сизни мағфират қилур. Аллоҳ мағфират қилгувчи ва раҳимли Зотдир», – деб айт!Alauddin Mansour: Ey paygʻambar, sizlarning qoʻlingizda asir boʻlgan kishilarga ayting: «Agar Alloh dillaringizda yaxshilik (yaʼni, iymon, ixlos) borligini bilsa, sizlarga oʻzingizdan olingan narsadan (yaʼni, toʻlagan tovoningizdan) yaxshiroq narsa berur va sizlarni magʻfirat qilur». Alloh magʻfiratli, mehribondir.Эй пайғамбар, сизларнинг қўлингизда асир бўлган кишиларга айтинг: «Агар Аллоҳ дилларингизда яхшилик (яъни, иймон, ихлос) борлигини билса, сизларга ўзингиздан олинган нарсадан (яъни, тўлаган товонингиздан) яхшироқ нарса берур ва сизларни мағфират қилур». Аллоҳ мағфиратли, меҳрибондир.

186-sahifa · 10-juz · 19-hizb186-саҳифа · 10-жуз · 19-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلنَّبِىُّNabiyНабийقُلaytайтلِّمَنkimlargakiкимларгакиفِىٓ-dagi-дагиأَيْدِيكُمqoʻlingizқўлингизمِّنَ-dan-данٱلْأَسْرَىٰٓasirlarасирларإِنagarагарيَعْلَمِbilsaбилсаٱللَّهُAllohАллоҳفِى-da-даقُلُوبِكُمْqalblaringizқалбларингизخَيْرًۭاyaxshilik borliginiяхшилик борлигиниيُؤْتِكُمْsizga berurсизга берурخَيْرًۭاyaxshiroq narsaniяхшироқ нарсаниمِّمَّآnarsadan koʻraнарсадан кўраأُخِذَolinganолинганمِنكُمْoʻzingizdanўзингизданوَيَغْفِرْva magʻfirat qilurва мағфират қилурلَكُمْ ۗsizniсизниوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳغَفُورٌۭmagʻfirat qilguvchidirмағфират қилгувчидирرَّحِيمٌۭrahmlidirраҳмлидир
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimaning nozil boʻlish sababi haqida imom Ibn Shihob Zuhriy quyidagilarni rivoyat qiladi: «Qurayshliklar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga asirlarning toʻlovini berib, ozod qilish uchun odam yubordilar. Har bir qavm qarindoshini oʻzi rozi boʻlgan toʻlovni berib qutqarib oldi. Shunda Abbos:

«Ey, Allohning Rasuli, men musulmon edim»,–dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Musulmonligingni Alloh biladi. Agar aytganing rost boʻlsa, senga Allohning Oʻzi mukofot beradi. Ammo, sen sirtdan bizga qarshi boʻlding. Oʻzing uchun, akalaringning oʻgʻillari Navfal ibn Horis ibn Abdulmuttolib va Aqiyl ibn Abu Tolib ibn Abdulmuttolib uchun hamda ittifoqdoshing Bani Horis ibn Fehrning ukasi Utba ibn Amr uchun toʻlov ber»,–dedilar. Abbos:

«Ey, Allohning Rasuli, menda uncha mol yoʻq»,–dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Ummu Fazl ikkovingiz koʻmgan mollar qani?»–dedilar. Abbos:

«Allohga qasamki, ey Muhammad, siz Allohning Rasuli ekaningizni yaxshi bilaman, bu mollarni men va Ummu Fazldan boshqa hech kim bilmas edi. Mendagi molning yigirma uqiyasi oʻzingizga oʻtdi deb hisoblayvering»,–dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Yoʻq, u boylik Alloh sendan bizga olib bergan narsadir»,–deb uning soʻzini toʻgʻriladilar. Abbos oʻziga, ikki akasining ikki oʻgʻliga va ittifoqdoshiga toʻlov berdi. Shunda Alloh taolo:

«Ey Nabiy, qoʻlingizdagi asirlarga: «Agar qalblaringizda yaxshilik boʻlsa, Alloh bilur va sizga oʻzingizdan olingan narsadan koʻra yaxshiroq narsa berur va sizni magʻfirat qilur. Alloh magʻfirat qilguvchi va rahimli Zotdir», – deb ayt!» oyatini nozil qildi.

Abbos aytdiki:

«Alloh menga Islomda yigirma uqiya oʻrniga qoʻlida molu mulki boʻlgan yigirmata qul berdi. Endi Allohning magʻfiratidan umidvorman».

Koʻrinib turibdiki, Abbos roziyallohu anhu qalbidagi yaxshilik, iymonni Rasulullohga aytgan. Yaʼni, men sizlarga qarshi mushriklarga qoʻshilib urushga kelishga majbur boʻldim, ammo aslida musulmonman, qalbim pok, unda iymon bor, degan. Mazkur oyatda Alloh taolo, agar qalblaringizda iymon boʻlsa, demasdan, «agar qalblaringizda yaxshilik boʻlsa», demoqda. Darhaqiqat, iymon—yaxshilikdir, yaxshilik boʻlganda ham, hamma narsadan ustun turadigan yaxshilik. Ushbu oyatda asirga tushgan, ozod boʻlishi uchun molu mulkidan bir qismini sarflab, xafahol boʻlib qolgan shaxslarning koʻngli koʻtarilmoqda. Xafa boʻlmanglar, agar qalbingizda iymon boʻlsa, Alloh toʻlovga bergan molingiz oʻrniga undan-da yaxshiroq molni beradi, demoqda. Bundan Islom asirlarga qanchalik yaxshi muomalada boʻlgani koʻrinib turibdi. Ularning qalbidan biror yaxshilik chiqishidan umidvor boʻlib turilibdi. Ularni xorlash, oʻch olish, pastga urish niyati yoʻq. Kechagina dushmanlik bilan moʻminlar ustiga bostirib kelgan odamning musulmon boʻlib, izzatlieʼtiborli shaxsga aylanishi, ikki dunyoning baxtiga muyassar boʻlishi istanilmoqda. Lekin shu bilan birga, ularning xiyonat qilmasliklari ham istaniladi: