فَكُلُوا۟ مِمَّا غَنِمْتُمْ حَلَـٰلًا طَيِّبًا ۚ وَٱتَّقُوا۟ ٱللَّهَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, o`ljaga olgan narsalaringizdan halol-pok holda yenglar. Allohga taqvo qilinglar. Albatta, Alloh mag`firat qilguvchi va rahimli Zotdir.Бас, ўлжага олган нарсаларингиздан ҳалол-пок ҳолда енглар. Аллоҳга тақво қилинглар. Албатта, Аллоҳ мағфират қилгувчи ва раҳимли Зотдир.Alauddin Mansour: Endi oʻlja qilib olgan narsalaringizni halol-pok holda yeyaveringlar va Allohdan qoʻrqinglar! Albatta, Alloh magʻfiratli, mehribondir.Энди ўлжа қилиб олган нарсаларингизни ҳалол-пок ҳолда еяверинглар ва Аллоҳдан қўрқинглар! Албатта, Аллоҳ мағфиратли, меҳрибондир.
Oʻljaga olingan mollarni halol qilib berish ham Allohning musulmonlarga koʻrsatgan bir marhamatidir. Shuningdek, Alloh taolo asirlar uchun, yaʼni, ularni ozod qilish uchun olinadigan molni ham halol qildi. Bu narsa oldingi Paygʻambarlar ummatlariga halol qilinmagan edi.
Oʻlja va toʻlov moli dunyo ishi boʻlgani uchun ehtiyotkorlik qilinmasa, harom aralashib qolishi ehtimoli bor. Shuning uchun ham, Alloh:
«Allohga taqvo qilinglar»,–demoqda.
Yuqorida aytib oʻtganimiz musulmonlarga berilgan inʼomlarning oʻz oʻrni bor, ular ham yaxshi. Ammo, eng katta neʼmat Allohdan moʻminlarga keladigan magʻfirat va rahmatdir.
«Albatta, Alloh magʻfirat qilguvchi va rahimli Zotdir».
Soʻngra, asirlarning qalbini moyil qiluvchi soʻzlar keladi: