لَّوْلَا كِتَـٰبٌ مِّنَ ٱللَّهِ سَبَقَ لَمَسَّكُمْ فِيمَآ أَخَذْتُمْ عَذَابٌ عَظِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar Allohning oldindan yozgani bo`lmaganida, sizga olgan narsalaringiz tufayli ulug` azob yetar edi.Агар Аллоҳнинг олдиндан ёзгани бўлмаганида, сизга олган нарсаларингиз туфайли улуғ азоб етар эди.Alauddin Mansour: Agar Allohning hukmi azaliysida (bilmasdan qilgan xatoni kechirishligi) yozib qoʻyilmaganida edi, albatta sizlarga tovon olganinglar sababli ulugʻ azob yetgan boʻlur edi.Агар Аллоҳнинг ҳукми азалийсида (билмасдан қилган хатони кечиришлиги) ёзиб қўйилмаганида эди, албатта сизларга товон олганинглар сабабли улуғ азоб етган бўлур эди.
Ushbu oyatda ikkita katta haqiqat koʻrinib turibdi.
Birinchisi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam asirlar masalasini Alloh aralashadigan darajada jiddiy masala deb hisoblamaganlar. Yoʻqsa, sahobalarga maslahat qilmasdan, Allohning amrini, albatta, kutgan boʻlardilar.
Ikkinchisi, Qurʼonda Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hech qanday aralashuvlari yoʻq. Hammasi Alloh taolloning Oʻzidandir. Boʻlmasa, bu holat yuzaga kelmas edi.
Alloh taolo avvaldan Badr urushida ishtirok etgan musulmonlarning barcha gunohlarini kechib yuborgan edi. Shuning uchun, ularning bu holatlari ham oldindan yozib qoʻyilgan qazoi qadarga binoan kechib yuborildi. Buning ustiga, ularga boshqa inʼomlar ham berdi. Jumladan: