QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят67

مَا كَانَ لِنَبِىٍّ أَن يَكُونَ لَهُۥٓ أَسْرَىٰ حَتَّىٰ يُثْخِنَ فِى ٱلْأَرْضِ ۚ تُرِيدُونَ عَرَضَ ٱلدُّنْيَا وَٱللَّهُ يُرِيدُ ٱلْـَٔاخِرَةَ ۗ وَٱللَّهُ عَزِيزٌ حَكِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Nabiy uchun yer yuzida zabardast bo`lmagunicha asirlari bo`lishi yaxshi emas edi. Sizlar dunyoning o`tkinchi matohini istaysizlar. Alloh esa, oxiratni istaydir. Va Alloh g`olib va hikmatli Zotdir.Набий учун ер юзида забардаст бўлмагунича асирлари бўлиши яхши эмас эди. Сизлар дунёнинг ўткинчи матоҳини истайсизлар. Аллоҳ эса, охиратни истайдир. Ва Аллоҳ ғолиб ва ҳикматли Зотдир.Alauddin Mansour: Biron paygʻambar uchun to yerda gʻolib boʻlmagunicha, asir olish joiz emas edi. (Ey moʻminlar), sizlar dunyo narsalarini istamoqdasiz. Alloh esa Oxirat (neʼmatlari sizlarniki boʻlishi)ni istaydi. Alloh qudratli, hikmatlidir.Бирон пайғамбар учун то ерда ғолиб бўлмагунича, асир олиш жоиз эмас эди. (Эй мўминлар), сизлар дунё нарсаларини истамоқдасиз. Аллоҳ эса Охират (неъматлари сизларники бўлиши)ни истайди. Аллоҳ қудратли, ҳикматлидир.

185-sahifa · 10-juz · 19-hizb185-саҳифа · 10-жуз · 19-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَاemasэмасكَانَediэдиلِنَبِىٍّNabiy uchunНабий учунأَن-ki-киيَكُونَboʻlishiбўлишиلَهُۥٓuningунингأَسْرَىٰasirlariасирлариحَتَّىٰtoтоيُثْخِنَzabardast boʻlmagunichaзабардаст бўлмагуничаفِى-da-даٱلْأَرْضِ ۚyer yuziер юзиتُرِيدُونَistarsizlarистарсизларعَرَضَoʻtkinchi matohiniўткинчи матоҳиниٱلدُّنْيَاdunyoningдунёнингوَٱللَّهُAlloh esaАллоҳ эсаيُرِيدُistarистарٱلْـَٔاخِرَةَ ۗoxiratniохиратниوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳعَزِيزٌgʻolibdirғолибдирحَكِيمٌۭhikmatlidirҳикматлидир
TafsirТафсир

Ushbu va keyingi oyati karimalar Badr urushida asirga tushgan mushriklar masalasida nozil boʻlgandir. Bu oyatlarning nozil boʻlish sababi haqida katta hadis imomlari, jumladan, imom Ahmad ibn Hanbal rahmatullohi alayhi Hazrati Umar roziyallohu anhudan quyidagi rivoyatni keltirganlar: «Toʻqnashuv boʻlgan kuni Alloh mushriklarni magʻlub etdi. Ulardan yetmish kishi oʻldirildi va yetmishtasi asir olindi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakr, Umar va Ali roziyallohu anhularga asirlar toʻgʻrisida maslahat qildilar. Abu Bakr:

«Ey, Allohning Rasuli, ular amakivachcha, qabiladosh va yoki birodar odamlar, menimcha, ulardan toʻlov olsangiz, yaxshi boʻlardi. Ulardan olingan mablagʻ biz uchun kofirlarga qarshi quvvat boʻladi. Ajab emaski, Alloh ularni ham hidoyatga solib, bizga yelkadosh boʻlsalar»,–dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Sen nima maslahat berasan, ey, Ibn Xattob?» dedilar. Men:

«Allohga qasam, men bu Abu Bakrning gaplariga qoʻshilmayman. Fikrim shuki, menga agar izn bersangiz, falonchining (Umarning qarindoshlaridan biri) boʻynini uzsam, Aliga izn bersangiz, akasining boʻynini uzsa, toki, Allohga qalbimizda mushriklarga nisbatan yumshoqlik yoʻqligini koʻrsataylik. Bular mushriklarning boshliqlari va yoʻlboshchilaridir»,–dedim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakrning aytganlariga moyil boʻldilar, mening gaplarimni yoqtirmadilar. Ulardan toʻlov oldilar. Ertasiga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Abu Bakrning oldilariga borsam, ikkovlari yigʻlab oʻtiribdilar.

«Sizni va sohibingizni nima yigʻlatdi? Agar yigʻlaydigan narsa boʻlsa, men ham yigʻlay. Yigʻlanmaydigan narsa deb bilsam, sizlar uchun men ham oʻzimni yigʻlaganga solay»,–dedim. Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam:

«Sohiblaring toʻlov olishi sababidan menga sizning azoblanishingiz anavi daraxtdan ham yaqinroq qilib koʻrsatildi va Alloh taolo: «Nabiy uchun yer yuzida zabardast boʻlmagunicha asirlari boʻlishi yaxshi emas edi...» dan to «Bas, oʻljaga olgan narsalaringizdan halol- pok boʻlgani holda yenglar» gacha nozil qildi, dedilar». Koʻrinib turibdiki, Alloh taolo dastlabki davrlarda, to Islom sobitqadam boʻlib, u bilan hamma hisoblashadigan boʻlguncha, boshqacha ish tutishni–asirlarga toʻlov olmay, qilmishiga yarasha oʻldirishni iroda qilgan edi. Ammo, hali Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamni bunga amr etmay turardi. Shuning uchun ham, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam oʻz sahobalari bilan maslahatlashib, asirlar uchun toʻlov olishga qaror qildilar. Shundan keyingina Alloh taolo oyatlarini nozil qilib, xatoni tuzatdi.

Alloh taolo koʻpincha xato sodir boʻlishidan oldin musulmonlarning ishlariga aralashib, toʻgʻri yoʻlga yoʻllab turardi. Baʼzi hollarda esa, xato sodir boʻlgandan keyin oyat nozil boʻladi, xato tuzatiladi. Bunda hukm yanada qattiq taʼsir qiladi. Yana boshqa hikmatlarini Allohning Oʻzi biladi. Ana oʻsha biz bilgan va bilmagan hikmatlarga binoan musulmonlar Badr urushida asirga tushgan yetmishta mushrikni ozod qilish sharti bilan toʻlov olib boʻlganlaridan keyin Alloh taolo:

«Nabiy uchun yer yuzida zabardast boʻlmagunicha asirlari boʻlishi yaxshi emas edi»,–demoqda.

Yaʼni, avvalo, yer yuzida zabardast boʻlish uchun, kuch-quvvat ila tamkin topish uchun harakat qilish lozim edi. Lekin musulmonlar bu tomonini anglamay, asirlardan toʻlov olib, mol-mulkni koʻpaytirish orqali quvvatli boʻlamiz, deb oʻylashdi.

«Sizlar dunyoning oʻtkinchi matohini istaysizlar».

Shuning uchun, mazkur mushriklarni oʻldirmay, toʻlov oldingiz. Ularga toʻlov olib, bu dunyoning oʻtkinchi matohiga ega boʻlishni oʻyladingiz.

«Alloh esa, oxiratni istaydir».

Bu istak dunyo matohini tark etishni taqozo qiladi.

«Alloh gʻolib va hikmatli Zotdir».

Shuning uchun, sizni ularning ustidan gʻolib qildi. Buning hikmatini Oʻzi biladi.