ٱلْـَٔـٰنَ خَفَّفَ ٱللَّهُ عَنكُمْ وَعَلِمَ أَنَّ فِيكُمْ ضَعْفًا ۚ فَإِن يَكُن مِّنكُم مِّا۟ئَةٌ صَابِرَةٌ يَغْلِبُوا۟ مِا۟ئَتَيْنِ ۚ وَإِن يَكُن مِّنكُمْ أَلْفٌ يَغْلِبُوٓا۟ أَلْفَيْنِ بِإِذْنِ ٱللَّهِ ۗ وَٱللَّهُ مَعَ ٱلصَّـٰبِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Endi, Alloh sizlardan yengillashtirdi, sizlarda ojizlik borligini bildi. Bas, agar sizdan yuzta sabrli bo`lsa, ikki yuztani yengadi. Agar sizdan mingta bo`lsa, Allohning izni ila ikki mingtani yengadi. Alloh sabrlilar bilandir.Энди, Аллоҳ сизлардан енгиллаштирди, сизларда ожизлик борлигини билди. Бас, агар сиздан юзта сабрли бўлса, икки юзтани енгади. Агар сиздан мингта бўлса, Аллоҳнинг изни ила икки мингтани енгади. Аллоҳ сабрлилар биландир.Alauddin Mansour: Endi Alloh sizlarning (yukingizni) yengil qildi, sizlarda ojizlik borligini bildi. Bas, sizlardan yuzta sabr-toqatli kishi boʻlsa, ikki yuzta (kofirni) yengar. Agar sizlardan ming kishi boʻlsa, Allohning izni bilan ikki ming (kofir)ni yengar. Alloh sabr qilguvchilar bilan birgadir.Энди Аллоҳ сизларнинг (юкингизни) енгил қилди, сизларда ожизлик борлигини билди. Бас, сизлардан юзта сабр-тоқатли киши бўлса, икки юзта (кофирни) енгар. Агар сизлардан минг киши бўлса, Аллоҳнинг изни билан икки минг (кофир)ни енгар. Аллоҳ сабр қилгувчилар билан биргадир.
Musulmonlar doimo quvvatli boʻlib turavermas ekanlar, ularda zaiflik hollari ham uchrab turarkan. Buni Alloh taolo hammadan koʻra yaxshiroq biladi. Shuning uchun, avvalgi oyatda kelgan hukmni yengillashtirib, zaif holatida bir musulmon jangchi ikkita dushmanga gʻolib kelishini taʼkidlamoqda.
«Endi, Alloh sizlardan yengillashtirdi, sizlarda ojizlik borligini bildi. Bas, agar sizdan yuzta sabrli boʻlsa, ikki yuztani yengadi».
Shu bilan birga, nomi musulmon boʻlsa boʻldi, degan tushuncha uygʻonmasligi uchun «Allohning izni ila» sharti ham qoʻshib qoʻyildi.
«Agar sizdan mingta boʻlsa, Allohning izni ila ikki mingtani yengadi».
Hamma narsaga Allohning izni zarur boʻlgani kabi, moʻminning kofir ustidan gʻolib kelishi uchun ham Allohning izni zarurdir. Uning iznisiz hech narsa boʻlmaydi. Yana, moʻminlar tomonidan sabr- matonat namunalari ham koʻrsatilishi lozim. Chunki:
«Alloh sabrlilar bilandir».
Urush boʻlgandan keyin oʻz-oʻzidan asirlar ham boʻladi. Avvalgi oyatlarda urushga chorlash, qanday urushish zikr qilingan boʻlsa, endigi oyatlarda asirlar masalasi xal etiladi: