يَـٰٓأَيُّهَا ٱلنَّبِىُّ حَرِّضِ ٱلْمُؤْمِنِينَ عَلَى ٱلْقِتَالِ ۚ إِن يَكُن مِّنكُمْ عِشْرُونَ صَـٰبِرُونَ يَغْلِبُوا۟ مِا۟ئَتَيْنِ ۚ وَإِن يَكُن مِّنكُم مِّا۟ئَةٌ يَغْلِبُوٓا۟ أَلْفًا مِّنَ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ بِأَنَّهُمْ قَوْمٌ لَّا يَفْقَهُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey Nabiy, mo`minlarni jangga chorla! Agar sizdan yigirmata sabrli bo`lsa, ikki yuztani yengadi. Agar sizdan yuzta bo`lsa, kufr keltirganlardan mingtasini yengadi. Bu, ular tushunmaydigan qavm bo`lganlaridandir.Эй Набий, мўминларни жангга чорла! Агар сиздан йигирмата сабрли бўлса, икки юзтани енгади. Агар сиздан юзта бўлса, куфр келтирганлардан мингтасини енгади. Бу, улар тушунмайдиган қавм бўлганларидандир.Alauddin Mansour: Ey paygʻambar, moʻminlarni jangga chorlang! Agar sizlardan yigirmata sabr-toqatli kishi boʻlsa, ikki yuzta (dushmanni) yengar! Agar sizlardan yuz kishi boʻlsa, kofirlardan mingini yengar! Bunga sabab, ularning ongsiz qavm ekanligidir.Эй пайғамбар, мўминларни жангга чорланг! Агар сизлардан йигирмата сабр-тоқатли киши бўлса, икки юзта (душманни) енгар! Агар сизлардан юз киши бўлса, кофирлардан мингини енгар! Бунга сабаб, уларнинг онгсиз қавм эканлигидир.
Ey Paygʻambar, Alloh sening va senga ergashgan moʻminlarning homiyingiz, yordamchingiz va qoʻllovchingiz boʻlgandan keyin, bemalol:
«...moʻminlarni jangga chorla!»
Sonlarining oz ekanligiga qarab oʻtirma. Alloh ular bilan birgadir. Shuning uchun, ular oʻzlaridan son jihatdan koʻp boʻlgan dushman ustidan bemalol gʻolib keladilar.
«Agar sizdan yigirmata sabrli boʻlsa, ikki yuztani yengadi, Agar sizdan yuzta boʻlsa, kufr keltirganlardan mingtasini yengadi».
Buning boisi nima? Nima uchun birga oʻn toʻgʻri kelmoqda? Bu savolga javob keyingi jumlada keladi.
«Bu, ular tushunmaydigan qavm boʻlganlaridandir».
Yaʼni, kofirlar tushunmaydigan boʻlganligi bir moʻminning oʻn kofir ustidan gʻolib kelishiga sababdir. Chunki, kofirlar, aslini olganda, oʻzlari nima qilayotganlarini toʻliq anglab yetmaydilar. Bu narsa Badr urushida Quraysh mushriklari tomonidan koʻrildi. Kofirlar dunyo gʻarazida, riyokorlik yoki shunga oʻxshash tayinsiz gʻarazlar bilan shaytonning vasvasasiga uchib, urushga kirdilar. Yuqorida aytib oʻtilganidek, ular nima qilayotganlarini tushunib yetmas edilar. Musulmonlar esa, hamma narsani anglab, aniq bir maqsad bilan, Allohga suyangan holda jangga kirdilar. Shuning uchun ham, ulardan har bittasi oʻntadan kofirni yengdi.