QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят9

إِذْ تَسْتَغِيثُونَ رَبَّكُمْ فَٱسْتَجَابَ لَكُمْ أَنِّى مُمِدُّكُم بِأَلْفٍ مِّنَ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةِ مُرْدِفِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`shanda Robbingizdan madad so`raganingizda, sizni (so`rovingizni) ijobat qilib: «Albatta, Men sizlarga ketma-ket keladigan mingta farishta ila madad beruvchiman», – dedi.Ўшанда Роббингиздан мадад сўраганингизда, сизни (сўровингизни) ижобат қилиб: «Албатта, Мен сизларга кетма-кет келадиган мингта фаришта ила мадад берувчиман», – деди.Alauddin Mansour: Oʻshanda Parvardigoringizdan madad tilaganingizda, U sizlarga ijobat qilib: «Men sizlarga ketma-ket keladigan minglab farishtalar bilan madad berurman», dedi.Ўшанда Парвардигорингиздан мадад тилаганингизда, У сизларга ижобат қилиб: «Мен сизларга кетма-кет келадиган минглаб фаришталар билан мадад берурман», деди.

178-sahifa · 9-juz · 18-hizb178-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِذْoʻshandaўшандаتَسْتَغِيثُونَmadad soʻraganingizdaмадад сўраганингиздаرَبَّكُمْRobbingizdanРоббингизданفَٱسْتَجَابَbas, ijobat qildiбас, ижобат қилдиلَكُمْsizgaсизгаأَنِّىalbatta, Menалбатта, Менمُمِدُّكُمsizlarga madad beruvchimanсизларга мадад берувчиманبِأَلْفٍۢmingta ilaмингта илаمِّنَ-dan-данٱلْمَلَـٰٓئِكَةِfarishtalardanфаришталарданمُرْدِفِينَketma-ket keladiganкетма-кет келадиган
TafsirТафсир

Albatta, Paygʻambarlariga qoʻshilib, musulmonlar ham Parvardigori Olamdan yordam soʻraganlar. Shuning uchun ham, oyatda Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning oʻzlarigagina emas, balki musulmonlarga murojaat qilinmoqda.

Alloh taolo moʻmin bandalariga madad uchun farishtalarni yuborganligi haqida turli rivoyatlar mavjud. Ammo, bu kabi mavzularda eng ishonchli manba Qurʼoni Karim va hadisi sharif boʻladi. Mazkur oyati karima va yana boshqa oyatlarni oʻz joyida oʻrganamiz. Shuningdek, imom Buxoriy ham kitoblarida bu haqda Paygʻambarimizdan rivoyat qilingan hadisni keltirganlar.

Imom Buxoriy oʻz «Sahih»laridagi «Kitob al-Magʻoziy»da «Farishtalarning Badrda hozir boʻlishlari» bobini keltirganlar. Ushbu bobdagi birinchi hadisda Muʼoz Ibn Rifoʼata Ibn Rafiʼ azZuraqiydan, u oʻz otasidan rivoyat qiladi. Uning otasi ahli Badrlardan boʻlgan ekan: Jabroil farishta Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib: «Ichingizda ahli Badrlarni qandoq sanaysizlar?»–dedi.

U zot:

«Musulmonlarning afzalidan»,–dedilar yoki shunga oʻxshash kalima aytdilar. U:

«Farishtalardan Badrda hozir boʻlganlar ham shundoqdir»,–dedi.

Imom Buxoriy yana shu bobda Ikrima va Ibn Abbos roziyallohu anhulardan rivoyat qilgan hadisda quyidagilar aytiladi: «Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam Badr kuni:

«Mana bu Jabroil otining boshidan tutib ustida urush anjomlari bilan kelmoqda»,–dedilar.

Farishtalar orqali yuborilgan madadning hikmati kelasi oyatda bayon qilinadi: