وَمَا جَعَلَهُ ٱللَّهُ إِلَّا بُشْرَىٰ وَلِتَطْمَئِنَّ بِهِۦ قُلُوبُكُمْ ۚ وَمَا ٱلنَّصْرُ إِلَّا مِنْ عِندِ ٱللَّهِ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh u(madad)ni bashorat va qalblaringiz u bilan xotirjam bo`lishi uchungina qildi. o`alaba esa, faqat Allohning huzuridadir. Albatta, Alloh g`olib va hikmatli Zotdir.Аллоҳ у(мадад)ни башорат ва қалбларингиз у билан хотиржам бўлиши учунгина қилди. ўалаба эса, фақат Аллоҳнинг ҳузуридадир. Албатта, Аллоҳ ғолиб ва ҳикматли Зотдир.Alauddin Mansour: Alloh faqat xushxabar boʻlsin, deb va koʻngillaringiz xotirjam boʻlishi uchun shunday qildi. Gʻalaba faqat Allohning dargohidan boʻlur. Haqiqatan, Alloh gʻolib va hikmatlidir.Аллоҳ фақат хушхабар бўлсин, деб ва кўнгилларингиз хотиржам бўлиши учун шундай қилди. Ғалаба фақат Аллоҳнинг даргоҳидан бўлур. Ҳақиқатан, Аллоҳ ғолиб ва ҳикматлидир.
Alloh taoloning ketma-ket keladigan farishtalarni yuborib, sizlarga madad berishi, albatta, gʻalaba qozonishingizning xushxabarini berish uchun hamda farishtalar tushganini bilib, xotirjam koʻngil bilan urushga kirishingiz uchun boʻlgan. Shu maqsad boʻlmaganda, Alloh taolo sizlarga oʻsha farishtalarsiz ham nusrat berib qoʻyaverar edi. Gʻalaba farishtalarning tushishiga bogʻliq emas.
«Gʻalaba esa, faqat Allohning huzuridadir».
Uning huzuridan boshqa joydan hech qachon gʻalaba kelmaydi.
Chunki:
«Albatta, Alloh gʻolib va hikmatli zotdir».
Ammo, Badr urushi kuni Allohning musulmonlarga bergan madadi faqat ketma-ket keladigan farishtalarni yuborish bilan chegaralanib qolmadi. Alloh taoloning yana boshqa madadlari haqida keyingi oyat hikoya qiladi: