QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят11

إِذْ يُغَشِّيكُمُ ٱلنُّعَاسَ أَمَنَةً مِّنْهُ وَيُنَزِّلُ عَلَيْكُم مِّنَ ٱلسَّمَآءِ مَآءً لِّيُطَهِّرَكُم بِهِۦ وَيُذْهِبَ عَنكُمْ رِجْزَ ٱلشَّيْطَـٰنِ وَلِيَرْبِطَ عَلَىٰ قُلُوبِكُمْ وَيُثَبِّتَ بِهِ ٱلْأَقْدَامَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`shanda U sizni O`zidan omonlik qilib, mudroq ila o`ragan edi va sizni poklash, sizdan shaytonning vasvasasini ketkazish hamda qalblaringizni bog`lash va qadamlaringizni sobit qilish uchun ustingizga osmondan suv tushirgan edi.Ўшанда У сизни Ўзидан омонлик қилиб, мудроқ ила ўраган эди ва сизни поклаш, сиздан шайтоннинг васвасасини кетказиш ҳамда қалбларингизни боғлаш ва қадамларингизни собит қилиш учун устингизга осмондан сув туширган эди.Alauddin Mansour: Oʻshanda xotirjam boʻlishingiz uchun sizlarni Oʻz tarafidan uyquga choʻmdirgan va poklab, sizlardan shayton vasvasasini ketkazish uchun dillaringizni bir va qadamlaringizni mahkam qilish uchun ustingizga samodan suv — yomgʻir yogʻdirgan edi.Ўшанда хотиржам бўлишингиз учун сизларни Ўз тарафидан уйқуга чўмдирган ва поклаб, сизлардан шайтон васвасасини кетказиш учун дилларингизни бир ва қадамларингизни маҳкам қилиш учун устингизга самодан сув — ёмғир ёғдирган эди.

178-sahifa · 9-juz · 18-hizb178-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِذْoʻshandaўшандаيُغَشِّيكُمُsizni oʻragan ediсизни ўраган эдиٱلنُّعَاسَmudroq ilaмудроқ илаأَمَنَةًۭomonlik qilibомонлик қилибمِّنْهُOʻzidanЎзиданوَيُنَزِّلُva tushirar ediва туширар эдиعَلَيْكُمustingizgaустингизгаمِّنَ-dan-данٱلسَّمَآءِosmondanосмонданمَآءًۭsuvсувلِّيُطَهِّرَكُمsizni poklashi uchunсизни поклаши учунبِهِۦu bilanу биланوَيُذْهِبَva ketkazishi uchunва кетказиши учунعَنكُمْsizdanсизданرِجْزَvasvasasiniвасвасасиниٱلشَّيْطَـٰنِshaytonningшайтоннингوَلِيَرْبِطَva bogʻlashi uchunва боғлаши учунعَلَىٰustigaустигаقُلُوبِكُمْqalblaringizniқалбларингизниوَيُثَبِّتَva sobit qilishi uchunва собит қилиши учунبِهِu bilanу биланٱلْأَقْدَامَqadamlarniқадамларни
TafsirТафсир

Musulmonlar Badrga borganlaridan soʻng mushriklar oʻzlaridan bir necha barobar ortiqligini, ot va tuyalari, qurol-aslahalari haddan ziyod koʻpligini koʻrib, qalblarini qoʻrqinch bosdi. Ular urushga umuman tayyor emas edilar. Buning ustiga, dushmanning bunchalik koʻpligi va kuchliligi xavf ustiga xavf tugʻdirdi.

«Oʻshanda U sizni Oʻzidan omonlik qilib, mudroq ila oʻragan edi».

Yaʼni, ey musulmonlar, oʻsha qoʻrqib turgan chogʻingizda, Alloh sizni Oʻzidan omonlik qilib, mudroq ila oʻragan edi.

Musulmonlarga ajoyib bir ruhiy holat paydo boʻldi oʻshanda. Hozirgina qoʻrqib, xavsirab turgan odamlar bir mudroqdan keyin qalblari toʻla sokinlik, oʻzlari xotirjam, dushmandan zarracha qoʻrqmaydigan holga keldilar. Mudroq bosish holati Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamda qanday kechgani imom Buxoriyning «Sahih»larida bunday rivoyat qilingan: «Badr urushi kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bilan kapada duo qilib turganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni mudroq bosdi. U kishi kulib uygʻondilar va:

«Suyunaver, ey, Abu Bakr, Jabroil otda ikki tomonidan chang chiqarib kelmoqda»,–dedilar. Soʻngra kapadan «Tezda bu jamoat yengiladi va orqaga qarab qochurlar», degan oyatni oʻqib chiqdilar».

Ana oʻsha mudroq Alloh taolo tomonidan musulmonlarga kelgan yana bir madad edi. Hozirgi zamonlarda ham askarlarga ruhiy tayyorgarlik boʻyicha koʻpgina darslar oʻtiladi. Turli uslublar qoʻllaniladi. Chunki, maʼnaviy-ruhiy tayyorgarlikda gap katta. Alloh Badr urushidan oldin musulmonlarga omonlik qilib, mudroqni berishi mislsiz ruhiy-maʼnaviy madad boʻlgan.

Ammo, Allohning oʻsha kuni musulmonlarga bergan madadi faqat shugina emas.

«...va sizni poklash, sizdan shaytonning vasvasasini ketkazish hamda qalblaringizni bogʻlash va qadamlaringizni sobit qilish uchun ustingizga osmondan suv tushirgan edi».

Yaʼni, yomgʻir yogʻdirgan edi. Haqiqatan ham, baʼzi paytdagi yomgʻirlar nafaqat yerni, daraxtlarni va togʻu toshlarni, balki insonlarning qalbini ham yuvib tozalagandek boʻladi. Inson ayrim yomgʻirlardan keyin oʻzini yengil his etadi. Dilidagi kirlik va gʻashliklar yuvilib ketgandek boʻladi. Oʻzida tetiklik, kuch-gʻayrat sezadi. Alloh taolo Badr urushi kuni musulmonlarning ustidan xuddi shunday yomgʻir yogʻdirgan edi.

Bu haqda imom ibn Kasir tafsirlarida Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan quyidagilarni rivoyat qilgan:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Badrga borganlarida ular bilan suvning orasida mushriklar bor edi.Tushgan joylari ham oyoq botib ketadigan qumloq edi. Bundan musulmonlarga qattiq zaiflik yetdi. Shayton ularning dillariga, sizlar oʻzingizni Allohning valiylari deb oʻylaysizlar, oramizda uning Rasuli bor, deb daʼvo qilasizlar. Lekin mushriklar suvni egallab olishdi. Sizlar boʻlsa, junub holingizda namoz oʻqiyapsiz, deb vasvasa qildi. Bas, shunda Alloh taolo ularning ustilaridan qattiq yomgʻir yogʻdirdi. Musulmonlar uning suvidan ichdilar, Alloh ulardan shaytonning vasvasasini ketkazdi. Yomgʻir hoʻl qilgandan soʻng, qum ham qoʻzgʻalmay qoldi. Endi, odamlar ham, hayvonlar ham yengil yurib, dushmanga tomon bordilar. Alloh taolo Oʻz Paygʻambariga mingta farishta bilan madad berdi. Jabroil besh yuztasi bilan bir tomondan, Mikoil besh yuztasi bilan boshqa tomondan keldi».

Muhaqqiq ulamolarimiz taʼkidlashicha, bu ish Badrga birinchi bor yetib kelganda roʻy bergan. Keyin boshqacha yoʻl tutganlar. Avval Badr yoʻlidagi birinchi uchragan quduq atrofiga joylashganlar. Shunda sahobalardan Xabbob ibn Munzir Paygʻambarimizning huzurlariga kelib:

«Ey, Allohning Rasuli, bu joyga sizni Alloh tushirdimi? Undan siljishning imkoni bormi yoki urush va hiyla uchun tushdingizmi?»–deb soʻradi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Urush va hiyla uchun tushgan edim»,–dedilar. Xabbob roziyallohu anhu:

«Ey, Allohning Rasuli, bu joy boʻlmaydi. Bizni anavi qavmga eng yaqin suvgacha olib boring, uning ortidagi xurmolarni pana qilib urushamiz. Hovuzlarga suv toʻldirib olamiz. Bizning suvimiz boʻladi. Ularning suvlari boʻlmaydi»,–dedi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uning aytganini qildilar.

Musulmonlarga suvsizlikdan, shaytonning vasvasasidan yetgan zaiflikni ketkazish, qalblarni bogʻlash, sobitqadam qilish uchun Alloh taolo yomgʻir yogʻdirdi. Keyin esa, harakat qilib, suv masalasini oʻz foydalariga hal etdilar. Bu ishlar keyinchalik, jang davomida katta foyda berdi. Muslmonlar suvga muhtojlik sezmadilar, mushriklar esa, suvsiz qolib qiynaldilar.

Kelgusi oyati karimada Alloh taolo musulmonlarga bergan madadning yangi jihatlari koʻrinadi: