إِذْ يُوحِى رَبُّكَ إِلَى ٱلْمَلَـٰٓئِكَةِ أَنِّى مَعَكُمْ فَثَبِّتُوا۟ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ ۚ سَأُلْقِى فِى قُلُوبِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ٱلرُّعْبَ فَٱضْرِبُوا۟ فَوْقَ ٱلْأَعْنَاقِ وَٱضْرِبُوا۟ مِنْهُمْ كُلَّ بَنَانٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`shanda Robbingiz farishtalarga: «Men, albatta, siz bilanman, bas, siz iymon keltirganlarni sobit qiling, tezda kufr keltirganlarning qalblariga qo`rqinch solaman. Bas, bo`yinlar ustidan zarba beringlar va hamma barmoqlariga zarba beringlar», deb vahiy qilgan edi.Ўшанда Роббингиз фаришталарга: «Мен, албатта, сиз биланман, бас, сиз иймон келтирганларни собит қилинг, тезда куфр келтирганларнинг қалбларига қўрқинч соламан. Бас, бўйинлар устидан зарба беринглар ва ҳамма бармоқларига зарба беринглар», деб ваҳий қилган эди.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), oʻshanda Parvardigoringiz farishtalarga: «Albatta, Men sizlar bilan birgaman, bas, sizlar iymon keltirgan zotlarning (gʻalaba qozonishlariga boʻlgan ishonchlarini) mahkamlanglar! Men kofir boʻlgan kimsalarning dillariga qoʻrquv solajakman. Bas, ularning boʻyinlarini uzinglar, butun-hamma barmoqlarini chopinglar», deb vahiy qilgan edi.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), ўшанда Парвардигорингиз фаришталарга: «Албатта, Мен сизлар билан биргаман, бас, сизлар иймон келтирган зотларнинг (ғалаба қозонишларига бўлган ишончларини) маҳкамланглар! Мен кофир бўлган кимсаларнинг дилларига қўрқув солажакман. Бас, уларнинг бўйинларини узинглар, бутун-ҳамма бармоқларини чопинглар», деб ваҳий қилган эди.
Bu madadni Alloh taolo farishtalar orqali berdi. Avvalo, Alloh taolo:
«...Men, albatta, siz bilanman, bas, siz iymon keltirganlarni sobit qiling... deb vahiy qilgan edi».
Alloh taoloning farishtalar bilan birga boʻlishining haqiqatini yolgʻiz Oʻzi biladi. Boshqaning bu haqda aytgan gapi oʻzining fikri va tushunchasi boʻlishdan nariga oʻta olmaydi. Chunonchi, farishtalar oʻziga xos olam boʻlib, biz ular haqida faqat Qurʼon va sahih hadislar orqaligina toʻgʻri maʼlumotlar ola bilamiz. Shuningdek, ushbu oyati karimaga asoslanib, Badr urushi kuni farishtalar moʻminlarni sobit qilganlarini bilish mumkin. Chunki, ular oʻzlariga Alloh tomonidan kelgan amrni bajarmay qoʻymaydilar. Lekin ular moʻminlarni qanday qilib sobit qilganlarining kayfiyatini bilishga qodir emasmiz. Bu haqda ishonchli xabar yoʻq. Ammo, oʻshanda farishtalar Robbilarining amri ila moʻminlarni sobit qilganligi dushmanga qarshi ulkan madad boʻlgani aniq.
Allohning moʻminlarga bergan boshqa bir madadi esa:
«...tezda kufr keltirganlarning qalblariga qoʻrqinch solaman», degan jumlada aksini topgan.
Bu ham katta madad, dushmanni ruhiy-maʼnaviy tomondan zaif qilib, qalbiga qoʻrqinch solib qoʻyish jang paytida katta natijalar beradi. Badr urushida xuddi shunday boʻlgan.
Oyatning oxirida Alloh taolo kofirlarga ayovsiz zarba berishga, boʻyinlarini, barmoqlarini chopishga amr qilmoqda. Buning sababi kelgusi oyatda bayon qilinadi: