ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ شَآقُّوا۟ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ ۚ وَمَن يُشَاقِقِ ٱللَّهَ وَرَسُولَهُۥ فَإِنَّ ٱللَّهَ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu ularning Allohga va Uning Rasuliga qarshi turganlari uchundir. Kim Allohga va Uning Rasuliga qarshi tursa, bas, albatta, Allohning iqobi shiddatlidir.Бу уларнинг Аллоҳга ва Унинг Расулига қарши турганлари учундир. Ким Аллоҳга ва Унинг Расулига қарши турса, бас, албатта, Аллоҳнинг иқоби шиддатлидир.Alauddin Mansour: Bunga sabab, ularning Alloh va Uning paygʻambariga qarshi turganlaridir. Kimki, Alloh va Uning paygʻambariga qarshi tursa, bas, albatta Allohning jazosi qattiqdir.Бунга сабаб, уларнинг Аллоҳ ва Унинг пайғамбарига қарши турганларидир. Кимки, Аллоҳ ва Унинг пайғамбарига қарши турса, бас, албатта Аллоҳнинг жазоси қаттиқдир.
Yaʼni, Alloh taoloning moʻminlarga madad berib, kofirlarga qoʻrqinch va azob yuborishi:
«ularning Allohga va Uning Rasuliga qarshi turganlari uchundir».
Kofirlarning Allohga qarshi turishi Unga iymon keltirmaganliklarida, Uning diniga dushmanlik qilishlarida, U koʻrsatgan yoʻldan yurmasdan, aksincha, Uning yoʻlida yurganlarga adovatda boʻlganliklarida va boshqa shunga oʻxshash ishlarda koʻrinadi. Ularning Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga qarshi turishlari esa, u zot sollallohu alayhi vasallamning Paygʻambarliklarini qabul etmasdan, daʼvatlarini rad etish, u kishiga ergashganlarga dushman boʻlish, shariatlarini va sunnatlarini inkor qilish kabi ishlar bilan boʻladi. Ana shuning uchun ham, Alloh taolo mushriklarni jangda magʻlub qildi va ularni turli azob-uqubatlarga giriftor etdi. Bu faqat Badr urushiga xos emas, balki umumiy qoidadir.
«Kim Allohga va Uning Rasuliga qarshi tursa, bas, albatta, Allohning iqobi shiddatlidir».
Kim qachon, qayerda Allohga va Uning Rasuliga qarshi chiqsa, iqobga uchrashi aniq. Shuning uchun, insonlar doimo Allohning yoʻlida yurishi, iymonda sobit boʻlishi, Robbilari koʻrsatmasi ila yashab, Uning kalimalarini oliy qilish uchun chin dildan kurashishlari lozim. Lekin baʼzida Allohga va Uning Rasuliga qarshi chiqqanlarning bu dunyoda bamaylixotir yurganlariga, Allohning iqobiga duchor boʻlmayotganiga guvoh boʻlamiz. Aslida, bu hukm umumiy boʻlib, har bir shaxsga joriy qilinavermasdan, bunday ulkan ishlar natijasi avlodlar kurashi tufayli yuzaga kelishini unutmasligimiz kerak. Qolaversa, kofirlar, Alloh va Uning Rasuliga qarshi turganlar bu dunyo iqobidan biror hikmatga koʻra qutulib qolishlari mumkin. Ammo, oxiratda hech-hech qutula olmaydilar. Ular oʻlgan kun tahdid ila quyidagilar deyiladi: