Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
عَبَسَ وَتَوَلَّىٰٓ ﴿١﴾
Aftini burishtirdi va yuz o'girdi.
أَن جَآءَهُ ٱلْأَعْمَىٰ ﴿٢﴾
Ko'zi ko'r kishi huzuriga kelganda.
وَمَا يُدْرِيكَ لَعَلَّهُۥ يَزَّكَّىٰٓ ﴿٣﴾
Qayerdan bilasan, ehtimol, u poklanar.
أَوْ يَذَّكَّرُ فَتَنفَعَهُ ٱلذِّكْرَىٰٓ ﴿٤﴾
Yoki nasihat olar va mav'iza unga manfaat berar.
أَمَّا مَنِ ٱسْتَغْنَىٰ ﴿٥﴾
Ammo istig'no qilganga bo'lsa...
فَأَنتَ لَهُۥ تَصَدَّىٰ ﴿٦﴾
Sen u tomonga intilasan.
وَمَا عَلَيْكَ أَلَّا يَزَّكَّىٰ ﴿٧﴾
U poklanmasa, seni hech kim malomat qilmas.
وَأَمَّا مَن جَآءَكَ يَسْعَىٰ ﴿٨﴾
Ammo huzuringga shoshilib kelgan.
وَهُوَ يَخْشَىٰ ﴿٩﴾
Va U zotdan qo'rqqan holda bo'lgandan esa...
فَأَنتَ عَنْهُ تَلَهَّىٰ ﴿١٠﴾
Bas, Sen undan mashg'ul bo'lasan.
كَلَّآ إِنَّهَا تَذْكِرَةٌ ﴿١١﴾
Yo'q! Albatta ular (Qur'on oyatlari) eslatmadir.
فَمَن شَآءَ ذَكَرَهُۥ ﴿١٢﴾
Kim xohlasa, uni eslaydir.
فِى صُحُفٍ مُّكَرَّمَةٍ ﴿١٣﴾
Hurmatlangan sahifalardadir.
مَّرْفُوعَةٍ مُّطَهَّرَةٍۭ ﴿١٤﴾
Oliy qadardirlar, poklangandirlar.
بِأَيْدِى سَفَرَةٍ ﴿١٥﴾
Elchi(farishta)lar qo'llaridadir.
كِرَامٍۭ بَرَرَةٍ ﴿١٦﴾
Ular hurmatlangan va o'ta yaxshidirlar.
قُتِلَ ٱلْإِنسَـٰنُ مَآ أَكْفَرَهُۥ ﴿١٧﴾
Insonga la'nat bo'lsin, uning kofirligi qandoq shiddatli bo'ldi.
مِنْ أَىِّ شَىْءٍ خَلَقَهُۥ ﴿١٨﴾
Uni qaysi narsadan yaratdi?
مِن نُّطْفَةٍ خَلَقَهُۥ فَقَدَّرَهُۥ ﴿١٩﴾
Nutfadan uni yaratdi va uni o'lchovli qildi.
ثُمَّ ٱلسَّبِيلَ يَسَّرَهُۥ ﴿٢٠﴾
So'ngra, chiqish yo'lini oson qildi.
ثُمَّ أَمَاتَهُۥ فَأَقْبَرَهُۥ ﴿٢١﴾
So'ngra o'ldirdi va qabrga kirgazdi.
ثُمَّ إِذَا شَآءَ أَنشَرَهُۥ ﴿٢٢﴾
So'ngra (qachon) xohlasa, uni qayta tiriltiradi.
كَلَّا لَمَّا يَقْضِ مَآ أَمَرَهُۥ ﴿٢٣﴾
Yo'q, undoq emas! U o'ziga U zot qilgan amrni bajarmadi.
فَلْيَنظُرِ ٱلْإِنسَـٰنُ إِلَىٰ طَعَامِهِۦٓ ﴿٢٤﴾
Inson o'z taomiga nazar solsin.
أَنَّا صَبَبْنَا ٱلْمَآءَ صَبًّا ﴿٢٥﴾
Albatta, Biz suvni rosa quyib qo'yibmiz.
ثُمَّ شَقَقْنَا ٱلْأَرْضَ شَقًّا ﴿٢٦﴾
So'ngra yerni o'ziga xos yordik.
فَأَنۢبَتْنَا فِيهَا حَبًّا ﴿٢٧﴾
Biz unda donni.
وَعِنَبًا وَقَضْبًا ﴿٢٨﴾
Va uzum va ko'klarni.
وَزَيْتُونًا وَنَخْلًا ﴿٢٩﴾
Va zaytun va xurmolarni.
وَحَدَآئِقَ غُلْبًا ﴿٣٠﴾
Va tig'iz bog'larni.
وَفَـٰكِهَةً وَأَبًّا ﴿٣١﴾
Va mevalaru o't-o'lanlarni o'stirib qo'ydik.
مَّتَـٰعًا لَّكُمْ وَلِأَنْعَـٰمِكُمْ ﴿٣٢﴾
Sizlarga va chorvalaringizga manfaat va lazzat bo'lsin, deb.
فَإِذَا جَآءَتِ ٱلصَّآخَّةُ ﴿٣٣﴾
Vaqtiki kar qiluvchi ovoz kelsa.
يَوْمَ يَفِرُّ ٱلْمَرْءُ مِنْ أَخِيهِ ﴿٣٤﴾
U kunda kishi o'z aka-ukasidan.
وَأُمِّهِۦ وَأَبِيهِ ﴿٣٥﴾
Va onasi va otasidan.
وَصَـٰحِبَتِهِۦ وَبَنِيهِ ﴿٣٦﴾
Va xotini va bola-chaqasidan qochadi.
لِكُلِّ ٱمْرِئٍ مِّنْهُمْ يَوْمَئِذٍ شَأْنٌ يُغْنِيهِ ﴿٣٧﴾
U kunda ulardan har bir shaxsni ovora qiluvchi o'z ishi bor.
وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ مُّسْفِرَةٌ ﴿٣٨﴾
U kunda porloq chehralar bor.
ضَاحِكَةٌ مُّسْتَبْشِرَةٌ ﴿٣٩﴾
Ular kulgu bilan to'la, yetgan xushxabardan xursand.
وَوُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ عَلَيْهَا غَبَرَةٌ ﴿٤٠﴾
U kunda bir chehralar borki, ularni g'ubor bosgan.
تَرْهَقُهَا قَتَرَةٌ ﴿٤١﴾
Ustini zulmat qoplagan.
أُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْكَفَرَةُ ٱلْفَجَرَةُ ﴿٤٢﴾
Ular, ana o'shalar, kofirlar va fojirlardir.