QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Abasa surasi · Oyatсураси · Оят14

مَّرْفُوعَةٍ مُّطَهَّرَةٍۭ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Oliy qadardirlar, poklangandirlar.Олий қадардирлар, поклангандирлар.Alauddin Mansour: qadri baland, pokiza sahifalarga;қадри баланд, покиза саҳифаларга;

585-sahifa · 30-juz · 59-hizb585-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَّرْفُوعَةٍۢoliy qadarолий қадарمُّطَهَّرَةٍۭpoklanganпокланган
TafsirТафсир

Yaʼni, mazkur Qurʼoni Karim oyatlari turadigan sahifalar martabasi ulugʻdirlar va poklangandirlar.

Chunki, Qurʼon oyatlari oʻta moʻʼtabar va muhtaramdirlar. Ularni xohlagan kishiga martabasiga, boyligiga va mansabiga qaramay oʻrgataverish qadrlari pastligidan emas. Aksincha, bu ish Qurʼon oyatlari Alloh taoloning Lavhul Mahfuzidagi azizu mukarram sahifalarda boʻlganligidandir. Alloh taoloning nazdida hamma bandalar teng ekanligidandir. Alloh taoloning huzurida bandalarning qadr-qiymati molmulklariga va mansabu nasablariga qarab emas, iymon-eʼtiqodiga, Qurʼon oyatlarini oʻrganishni xohlashlariga qarab boʻlishligidandir.

Shu bilan birga, Qurʼon oyatlarini mazkur hurmatlangan, oliy qadar va poklangan sahifalardan naql qilish ham oʻziga yarasha oliy maqomga sazovordir.

Qurʼoni Karim oyatlari boshqa yerdan chiqqan sahifalarga oʻxshab kim koʻringan tomonidan naql qilinavermaydi. Balki, ular: