تَرْهَقُهَا قَتَرَةٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ustini zulmat qoplagan.Устини зулмат қоплаган.Alauddin Mansour: U (yuz)larni qarolik qoplab olur!У (юз)ларни қаролик қоплаб олур!
Jannatiylarning chehralari porloq boʻlib, oʻzlariga yetgan xushxabardan yuzlari kulguga toʻlib turgan bir paytda boshqa toifa odamlar tamoman boshqacha, aksincha holatda boʻladilar. Mazkur holatdagi kishilarning yuzini gʻubor bosgan, gʻuborning ustidan zulmat ham qoplagan boʻladi. Yaʼni, ular gʻam ustiga gʻam, anduh ustiga anduh tortayotgan boʻladilar. Chunki, oʻz dahshatlari ila hammani qoʻrqinchga solib turgan qiyomat kunida u shoʻrliklarga doʻzax va uning azoblarining «bashorati» berilgan boʻladi.
«Ular, ana oʻshalar, kofirlar va fojirlardir.»
Imom as-Soviy aytganlaridek, ular bu dunyoda kofirlik ustiga fojirlik ham qilganlari uchun, qiyomat kuni yuzlari qora boʻlgani ustiga gʻubor bilan ham qoplangan holda xijolat va parishonlar.
Bu oyatlarda zikr qilingan moʻminlar va kofirlar vasfi oʻz taʼsirini oʻtkazishi kerak. Moʻminlar qalbida xotirjamlik, xursandlik tuygʻusini, kofirlarga boʻlsa, oxiratdan qoʻrqish hissini uygʻotishi kerak. Shoyadki, yomonlikdan qaytib, yaxshi yoʻlga yursalar.
Surai karimaning oxirida mushriklarning Qurʼoni Karim haqidagi taxminlari botil ekanligi taʼkidlanib, Uning insoniyat uchun Alloh taolo tomonidan tushirilgan mavʼiza ekanligi bayon qilinadi.