Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
إِذَا ٱلشَّمْسُ كُوِّرَتْ ﴿١﴾
Vaqtiki, quyoshni buklab, o'ralsa.
وَإِذَا ٱلنُّجُومُ ٱنكَدَرَتْ ﴿٢﴾
Va vaqtiki yulduzlar uzilib tushib, sochilib ketsa.
وَإِذَا ٱلْجِبَالُ سُيِّرَتْ ﴿٣﴾
Va vaqtiki, tog'lar joyidan ko'chirilsa.
وَإِذَا ٱلْعِشَارُ عُطِّلَتْ ﴿٤﴾
Va vaqtiki, homilasiga o'n oy to'lgan tuyalar qarovsiz qolsa.
وَإِذَا ٱلْوُحُوشُ حُشِرَتْ ﴿٥﴾
Va vaqtiki, vahshiy hayvonlar bir joyga to'plansa.
وَإِذَا ٱلْبِحَارُ سُجِّرَتْ ﴿٦﴾
Va vaqtiki, dengizlar alanga olib yonsa.
وَإِذَا ٱلنُّفُوسُ زُوِّجَتْ ﴿٧﴾
Va vaqtiki, nafslar juftlashtirilsa.
وَإِذَا ٱلْمَوْءُۥدَةُ سُئِلَتْ ﴿٨﴾
Va vaqtiki, tiriklay ko'milgan qizdan so'ralsa.
بِأَىِّ ذَنۢبٍ قُتِلَتْ ﴿٩﴾
U nima gunoh uchun o'ldirilgan?
وَإِذَا ٱلصُّحُفُ نُشِرَتْ ﴿١٠﴾
Va vaqtiki, sahifalar nashr qilinsa.
وَإِذَا ٱلسَّمَآءُ كُشِطَتْ ﴿١١﴾
Va vaqtiki, osmon qo'porilsa.
وَإِذَا ٱلْجَحِيمُ سُعِّرَتْ ﴿١٢﴾
Va vaqtiki, jahannam qizdirilsa.
وَإِذَا ٱلْجَنَّةُ أُزْلِفَتْ ﴿١٣﴾
Va vaqtiki, jannat yaqinlashtirilsa.
عَلِمَتْ نَفْسٌ مَّآ أَحْضَرَتْ ﴿١٤﴾
Har bir jon nima hozirlaganini biladir.
فَلَآ أُقْسِمُ بِٱلْخُنَّسِ ﴿١٥﴾
(Kunduzi) maxfiy bo'luvchi(yulduz)lar bilan qasam.
ٱلْجَوَارِ ٱلْكُنَّسِ ﴿١٦﴾
(Kechalari) yuruvchi, berkinuvchi(yulduz)lar bilan qasam.
وَٱلَّيْلِ إِذَا عَسْعَسَ ﴿١٧﴾
Qorong'uligi ila kirib kelgan kecha bilan qasam.
وَٱلصُّبْحِ إِذَا تَنَفَّسَ ﴿١٨﴾
Nafas olib kirib kelgan tong bilan qasam.
إِنَّهُۥ لَقَوْلُ رَسُولٍ كَرِيمٍ ﴿١٩﴾
Albatta u(Qur'on) karamli elchining so'zidir.
ذِى قُوَّةٍ عِندَ ذِى ٱلْعَرْشِ مَكِينٍ ﴿٢٠﴾
U quvvatli, arsh Egasi huzurida martabasi oliydir.
مُّطَاعٍ ثَمَّ أَمِينٍ ﴿٢١﴾
Itoat qilingan, omonatlidir.
وَمَا صَاحِبُكُم بِمَجْنُونٍ ﴿٢٢﴾
Sizning sohibingiz majnun emasdir.
وَلَقَدْ رَءَاهُ بِٱلْأُفُقِ ٱلْمُبِينِ ﴿٢٣﴾
Batahqiq, ul ani ochiq-oydin ufqda ko'rdi.
وَمَا هُوَ عَلَى ٱلْغَيْبِ بِضَنِينٍ ﴿٢٤﴾
Va u g'aybga baxil emasdir.
وَمَا هُوَ بِقَوْلِ شَيْطَـٰنٍ رَّجِيمٍ ﴿٢٥﴾
Va u(Qur'on) toshbo'ron qilingan shaytonning so'zi emasdir.
فَأَيْنَ تَذْهَبُونَ ﴿٢٦﴾
Bas, qayoqqa ketmoqdasiz?!
إِنْ هُوَ إِلَّا ذِكْرٌ لِّلْعَـٰلَمِينَ ﴿٢٧﴾
U (Qur'on) olamlarga eslatmadan boshqa narsa emasdir.
لِمَن شَآءَ مِنكُمْ أَن يَسْتَقِيمَ ﴿٢٨﴾
Sizlardan istiqomat(to'g'ri yo'l)da bo'lishni xohlovchilar uchundir.
وَمَا تَشَآءُونَ إِلَّآ أَن يَشَآءَ ٱللَّهُ رَبُّ ٱلْعَـٰلَمِينَ ﴿٢٩﴾
Olamlarning Robbi Alloh xohlamasa, sizlar xohlay olmassizlar.