Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
إِذَا ٱلسَّمَآءُ ٱنفَطَرَتْ ﴿١﴾
Vaqtiki, osmon yorilsa.
وَإِذَا ٱلْكَوَاكِبُ ٱنتَثَرَتْ ﴿٢﴾
Va vaqtiki, yulduzlar sochilib ketsa.
وَإِذَا ٱلْبِحَارُ فُجِّرَتْ ﴿٣﴾
Va vaqtiki, dengizlar portlatilsa.
وَإِذَا ٱلْقُبُورُ بُعْثِرَتْ ﴿٤﴾
Va vaqtiki, qabrlar ostin-ustin bo'lsa.
عَلِمَتْ نَفْسٌ مَّا قَدَّمَتْ وَأَخَّرَتْ ﴿٥﴾
Har bir jon — nimani taqdim qildiyu nimani ta'xir qildi — biladir.
يَـٰٓأَيُّهَا ٱلْإِنسَـٰنُ مَا غَرَّكَ بِرَبِّكَ ٱلْكَرِيمِ ﴿٦﴾
Ey Inson! Seni nima Karamli Robbing haqida g'ururga ketkazdi?!
ٱلَّذِى خَلَقَكَ فَسَوَّىٰكَ فَعَدَلَكَ ﴿٧﴾
U seni to'la-to'kis va mo''tadil qilib yaratgandi.
فِىٓ أَىِّ صُورَةٍ مَّا شَآءَ رَكَّبَكَ ﴿٨﴾
O'zi xohlagan suvratda seni tarkib qildi.
كَلَّا بَلْ تُكَذِّبُونَ بِٱلدِّينِ ﴿٩﴾
Yo'q!!! Balki, siz jazoni yolg'onga chiqarmoqdasiz!!!
وَإِنَّ عَلَيْكُمْ لَحَـٰفِظِينَ ﴿١٠﴾
Holbuki, sizning ustingizdan kuzatib turuvchilar bordir.
كِرَامًا كَـٰتِبِينَ ﴿١١﴾
Ular hurmatli yozib turguvchilardir.
يَعْلَمُونَ مَا تَفْعَلُونَ ﴿١٢﴾
Ular nima qilayotganingizni biladir.
إِنَّ ٱلْأَبْرَارَ لَفِى نَعِيمٍ ﴿١٣﴾
Albatta, yaxshilar jannatdadir.
وَإِنَّ ٱلْفُجَّارَ لَفِى جَحِيمٍ ﴿١٤﴾
Va, albatta, fojirlar jahannamdadir.
يَصْلَوْنَهَا يَوْمَ ٱلدِّينِ ﴿١٥﴾
Ular u yerga qiyomat kuni kiradir.
وَمَا هُمْ عَنْهَا بِغَآئِبِينَ ﴿١٦﴾
Va ular undan g'oyib bo'la olmaslar.
وَمَآ أَدْرَىٰكَ مَا يَوْمُ ٱلدِّينِ ﴿١٧﴾
Va, jazo kuni nima ekanini senga nima bildirdi?
ثُمَّ مَآ أَدْرَىٰكَ مَا يَوْمُ ٱلدِّينِ ﴿١٨﴾
So'ng, jazo kuni nima ekanini senga nima bildirdi?
يَوْمَ لَا تَمْلِكُ نَفْسٌ لِّنَفْسٍ شَيْـًٔا ۖ وَٱلْأَمْرُ يَوْمَئِذٍ لِّلَّهِ ﴿١٩﴾
O'sha kunda hech bir jon boshqa bir jon uchun biror narsa qilish imkoniga molik emas. U kunda barcha ish Allohning O'ziga xos.