QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Infitar surasi · Oyatсураси · Оят19

يَوْمَ لَا تَمْلِكُ نَفْسٌ لِّنَفْسٍ شَيْـًٔا ۖ وَٱلْأَمْرُ يَوْمَئِذٍ لِّلَّهِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`sha kunda hech bir jon boshqa bir jon uchun biror narsa qilish imkoniga molik emas. U kunda barcha ish Allohning O`ziga xos.Ўша кунда ҳеч бир жон бошқа бир жон учун бирор нарса қилиш имконига молик эмас. У кунда барча иш Аллоҳнинг Ўзига хос.Alauddin Mansour: U Kunda hech bir jon (boshqa) bir jonga biron narsa qilishga (yaʼni, biron foyda yetkazishga yoki undan biron ziyonni ketkazishga) ega boʻlmas! U Kunda barcha ish yolgʻiz Allohniki boʻlur!У Кунда ҳеч бир жон (бошқа) бир жонга бирон нарса қилишга (яъни, бирон фойда етказишга ёки ундан бирон зиённи кетказишга) эга бўлмас! У Кунда барча иш ёлғиз Аллоҳники бўлур!

587-sahifa · 30-juz · 59-hizb587-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَوْمَoʻsha kundaўша кундаلَاemasэмасتَمْلِكُmolik boʻladiмолик бўладиنَفْسٌۭhech bir jonҳеч бир жонلِّنَفْسٍۢboshqa bir jon uchunбошқа бир жон учунشَيْـًۭٔا ۖbiror narsagaбирор нарсагаوَٱلْأَمْرُva (barcha) ishва (барча) ишيَوْمَئِذٍۢu kundaу кундаلِّلَّهِAllohning Oʻziga xosdirАллоҳнинг Ўзига хосдир
TafsirТафсир

Yaʼni, U kunda hech kim, hech qanday zot oraga tusha olmaydi. Bu mening qarindoshim edi, gunohidan oʻtilishini soʻrayman, kabi soʻzlar aytilmaydi. Chunki, hamma oʻzi bilan oʻzi ovora boʻlib qoladi.

Bu dunyodagi oraga tushishlar u dunyoda ishlatilmaydi. U yerning qozisi Alloh taoloning Oʻzi, U zot pora ham olmaydi, qarindoshchilik ham yoʻq, oshnachilik ham yoʻq, faqat eng adolatli hukm bor. Tayyorlanish kerak.