QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mutaffifin surasi · Oyatсураси · Оят1

وَيْلٌ لِّلْمُطَفِّفِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Vayl bo`lsin o`lchovdan urib qoluvchilarga.Вайл бўлсин ўлчовдан уриб қолувчиларга.Alauddin Mansour: (Oʻlchov va tarozidan) urib qolguvchi kimsalarga halokat boʻlgay!(Ўлчов ва тарозидан) уриб қолгувчи кимсаларга ҳалокат бўлгай!

587-sahifa · 30-juz · 59-hizb587-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيْلٌۭvayl (voy) boʻlsinвайл (вой) бўлсинلِّلْمُطَفِّفِينَoʻlchovdan urib qoluvchilargaўлчовдан уриб қолувчиларга
TafsirТафсир

«Vayl» soʻzining ikki xil maʼnosi bor, biri, «Voy boʻlsin», ikkinchisi, «Vayl»–doʻzaxning nomlaridan biri, yaʼni, oʻlchovdan urib qoluvchilarga «Vayl doʻzaxi» boʻlsin, degani.

Bizningcha, ikki maʼno bir-birini toʻldirib keladi: «Vayl»ga tushgan odamning holiga voy boʻladi, holiga voy boʻlgan odam «Vayl»ga tushadi.

Demak, Islom oʻzining dastlabki kunlaridan boshlaboq, birovning haqqini haromdan yeyishga qarshi qattiq urush ochgan. U, oʻlchovdan oz-oz urib qoluvchilarning ham doʻzaxga tushib holi voy boʻlishini eʼlon qilgan. Qurʼoni Karim bu masalani ushbu surai karimadan boshqa suralarda ham koʻtargan. Xususan, Shuaʼyb alay- hissalom qissasida u zot qavmlarining eng katta aybi oʻlchovda birovning haqqidan urib qolish ekanligi takror-takror taʼkidlangan. Alloh taolo mazkur aybi uchun oʻsha qavmni halok qilgani ham har safar shu haqda soʻz ketganda takrorlangan.

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam esa, oʻz hadisi shariflarida oyati karimalarning maʼnolarini taʼkidlaganlar. Jumladan, imom al-Hokim va Tobaroniy Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda u zot sollallohu alayhi vasallam: «Oʻlchovdan urib qolmaslar. Magar nabototdan manʼ qilinurlar va qahatchilik ila tutilurlar», deganlar. Bu–oʻlchovda birovning haqqidan urib qolish bilan mashgʻul boʻlgan qavmning yurtidan baraka koʻtarilib, ocharchilikka duchor boʻlurlar, deyilganidir.

Birinchi oyatda oʻlchovdan urib qoluvchilarga beriladigan jazo eʼlon qilib boʻlinganidan soʻng, endi keladigan oyatlarda ular mazkur qabih ishni qandoq shaklda olib borishlari vasf qilinadi.