QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mutaffifin surasi · Oyatсураси · Оят2

ٱلَّذِينَ إِذَا ٱكْتَالُوا۟ عَلَى ٱلنَّاسِ يَسْتَوْفُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular odamlardan narsa o`lchab olsalar, to`liq olarlar.Улар одамлардан нарса ўлчаб олсалар, тўлиқ оларлар.Alauddin Mansour: Ular odamlardan (biron narsani) oʻlchab olgan vaqtlarida toʻla qilib oladigan,Улар одамлардан (бирон нарсани) ўлчаб олган вақтларида тўла қилиб оладиган,

587-sahifa · 30-juz · 59-hizb587-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ٱلَّذِينَular shundaylarkiулар шундайларкиإِذَاqachonқачонٱكْتَالُوا۟oʻlchab olsalarўлчаб олсаларعَلَى-dan-данٱلنَّاسِodamlarодамларيَسْتَوْفُونَtoʻliq olarlarтўлиқ оларлар
TafsirТафсир

Ha, oʻlchovda urib qoluvchilar asosan olibsotar savdogarlar boʻladilar. Ular halollik, poklik bilan savdogarliklarini qilsalar, eng barakali kasbni qilgan boʻlar edilar. Koʻp foyda topar edilar. Ammo, ular ochkoʻz, yeb toʻymas shaxslarga aylanib qolganlar. Shuning uchun, savdodan tushgan foydani yeb ham toʻymasdan, oʻlchovdan urib qolib–yalab toʻymoqchi boʻladilar.

Ular kishilardan narsa oʻlchab olayotganlarida zarracha ham kamaytirmasdan, iloji boʻlsa, bir oz ortiq oʻlchab olishga urinadilar. Oʻzlari birovga oʻlchab yoki tortib berganlarida esa, kamaytirib beradilar. Ana oʻshalar shu yoʻl bilan foyda koʻrmoqchi boʻladilar. Kishilarga sezdirmay, oson yoʻl bilan molu mulk kasb qilmoqchi boʻladilar. Ehtimol, ular bu besh kunlik dunyoda qoʻlga tushmay, qilgan jinoyatlarining jazosini tortmay qutulib ketadilar. Ammo...