وَإِذَا كَالُوهُمْ أَو وَّزَنُوهُمْ يُخْسِرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va agar odamlarga o`lchab yoki tortib bersalar, kamaytirarlar.Ва агар одамларга ўлчаб ёки тортиб берсалар, камайтирарлар.Alauddin Mansour: ularga oʻlchab yoki tortib bergan vaqtlarida esa kam qilib beradigan kimsalardir.уларга ўлчаб ёки тортиб берган вақтларида эса кам қилиб берадиган кимсалардир.
Ha, oʻlchovda urib qoluvchilar asosan olibsotar savdogarlar boʻladilar. Ular halollik, poklik bilan savdogarliklarini qilsalar, eng barakali kasbni qilgan boʻlar edilar. Koʻp foyda topar edilar. Ammo, ular ochkoʻz, yeb toʻymas shaxslarga aylanib qolganlar. Shuning uchun, savdodan tushgan foydani yeb ham toʻymasdan, oʻlchovdan urib qolib–yalab toʻymoqchi boʻladilar.
Ular kishilardan narsa oʻlchab olayotganlarida zarracha ham kamaytirmasdan, iloji boʻlsa, bir oz ortiq oʻlchab olishga urinadilar. Oʻzlari birovga oʻlchab yoki tortib berganlarida esa, kamaytirib beradilar. Ana oʻshalar shu yoʻl bilan foyda koʻrmoqchi boʻladilar. Kishilarga sezdirmay, oson yoʻl bilan molu mulk kasb qilmoqchi boʻladilar. Ehtimol, ular bu besh kunlik dunyoda qoʻlga tushmay, qilgan jinoyatlarining jazosini tortmay qutulib ketadilar. Ammo...