QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mutaffifin surasi · Oyatсураси · Оят22

إِنَّ ٱلْأَبْرَارَ لَفِى نَعِيمٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, abrorlar jannati na'iymdadurlar.Албатта, аброрлар жаннати наъиймдадурлар.Alauddin Mansour: Shak-shubhasiz, yaxshilar (yaʼni, moʻminlar jannat) neʼmatlaridadirlar.Шак-шубҳасиз, яхшилар (яъни, мўминлар жаннат) неъматларидадирлар.

588-sahifa · 30-juz · 59-hizb588-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِنَّalbattaалбаттаٱلْأَبْرَارَabrorlarаброрларلَفِىalbatta, -dadirlarалбатта, -дадирларنَعِيمٍjannati nayimжаннати найим
TafsirТафсир

Yaʼni, koʻzing ularga tushishi bilan, chehralaridan farovonlikda yurganlari koʻrinib turadi. Chunki, qiyomat kunining shiddatli dahshatlaridan oʻtib, fojirlarning nomai aʼmol kitobi ham, oʻzi ham «sijjiyn»–doʻzaxning eng tor joyi, eng qaʼrida ekanligini koʻrib turib, oʻzining nomai aʼmol kitobini ham, oʻzini ham jannatning eng oliy maqomida koʻrish saodati ularning yuzida balqib turmay, kimning yuzida balqisin! Jannatda qoʻyilgan baland, atrofi goʻzal pardalar bilan oʻralgan soʻrilarda yastalgan holda oʻzi uchun Alloh taolo tomonidan berilgan sonsiz-sanoqsiz, bitmas- tuganmas, vasfiga har qanday soʻz ojiz nozu neʼmatlarga mamnuniyat ila nazar solib turgan taqvodor moʻminning chehrasidan farovonlik, baxt-saodat alomati balqimay, kimning chehrasidan balqisin! Ha, jannatdagi bandalarning bitmas-tuganmas baxt-saodatda ekanliklarini har qanday shaxs bir koʻrishdayoq bilib oladi, ularning holini birov tushuntirishiga yoki oʻzlari aytib berishlariga hojat ham yoʻq. Ammo, bu dunyoda iymon-eʼtiqod, taqvo va ibodat ila oʻtgan bandalarning jannatdagi rohat-farogʻatlari bu bilan tugab qolmaydi...