QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mutaffifin surasi · Oyatсураси · Оят28

عَيْنًا يَشْرَبُ بِهَا ٱلْمُقَرَّبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U(Tasniym) bir buloqdirki, undan muqarrablar icharlar.У(Таснийм) бир булоқдирки, ундан муқарраблар ичарлар.Alauddin Mansour: (Tasnim Allohning) yaqin (banda)lari ichadigan bir chashmadir.(Тасним Аллоҳнинг) яқин (банда)лари ичадиган бир чашмадир.

588-sahifa · 30-juz · 59-hizb588-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
عَيْنًۭاbir buloqdirбир булоқдирيَشْرَبُicharlarичарларبِهَاundanунданٱلْمُقَرَّبُونَmuqarrablarмуқарраблар
TafsirТафсир

Odatda, sharobga, u qanday boʻlishidan qatʼinazar, biror narsa aralashtirib ichilsa, oʻziga yarasha taʼm va zavq berar ekan. Jannatda abror bandalar ichadigan sharobga «tasniym» aralashtirilar ekan. «Tasniym» esa, jannatdagi maʼlum sharob bulogʻi boʻlib, u muqarrablarga atalgan ekan.

Muqarrablar oliy martabali jannatiylar boʻlib, ularga atalgan jannat neʼmatlari oliy navli boʻladi. Jumladan, ularga atalgan sharob ham «Tasniym» bulogʻidan boʻlib, bu sharob jannatning eng sharafli ichimligi boʻladi.

Abror bandalar ichadigan sharobni yana ham yaxshi qilish uchun «Tasniym»dan aralashtirib beriladi.

Abrorlarning jannatdagi oliy holatlarini vasf qilib boʻlgandan soʻng, Qurʼoni Karim oʻsha abrorlarning bu dunyoda fojiru fosiqlardan koʻrgan ozorlari, eshitgan istehzo va masxaralari haqida soʻz yuritadi.