إِنَّ ٱلَّذِينَ أَجْرَمُوا۟ كَانُوا۟ مِنَ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ يَضْحَكُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, jinoyat qilganlar iymon keltirganlar ustidan kular edilar.Албатта, жиноят қилганлар иймон келтирганлар устидан кулар эдилар.Alauddin Mansour: Darvoqeʼ, jinoyatkor — kofir kimsalar iymon keltirgan zotlardan (masxara qilib) kulguvchi boʻldilar.Дарвоқеъ, жинояткор — кофир кимсалар иймон келтирган зотлардан (масхара қилиб) кулгувчи бўлдилар.
Ha, kofir boʻlib jinoyat qilganlar besh kunlik dunyoda iymon keltirib musulmon boʻlib yashaganlar ustidan kular edilar. Ular moʻmin-musulmonlarning har bir narsasidan kular edilar.
Jinoyat qilganlar moʻminlarning aqiydasidan kular edilar. Ular moʻminlarning Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, Rasullariga, qiyomatiga, jannati va doʻzaxiga, qazoi qadariga ishonishlariga kular edilar. Asli yoʻq xurofotga ishonishmoqda, der edilar.
Jinoyatkor dinsizlar moʻminlarning ibodat qilayotganlarini koʻrganlarida, namoz oʻqib, roʻza tutganlarini bilganlarida, ularni masxara qilib, ustlaridan kular edilar. Anovilar behudaga yotibturib, och qolib va hokazo ishlarni qilib ahmoq boʻlyaptilar, deb istehzo qilar edilar.
Shunga oʻxshash, boshqa soha va amallarda ham kofirlar moʻminlar ustidan masxara qilib kular edilar.