QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Mutaffifin surasi · Oyatсураси · Оят6

يَوْمَ يَقُومُ ٱلنَّاسُ لِرَبِّ ٱلْعَـٰلَمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U kunda odamlar olamlarning Robbi huzurida tik turarlar.У кунда одамлар оламларнинг Робби ҳузурида тик турарлар.Alauddin Mansour: — Barcha odamlar butun olamlar Parvardigori huzurida tik turib (hisob-kitob beradigan Qiyomat) Kunida (qayta tirilguvchi ekanliklarini oʻylamaydilarmi?!)— Барча одамлар бутун оламлар Парвардигори ҳузурида тик туриб (ҳисоб-китоб берадиган Қиёмат) Кунида (қайта тирилгувчи эканликларини ўйламайдиларми?!)

588-sahifa · 30-juz · 59-hizb588-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَوْمَu kundaу кундаيَقُومُtik turarlarтик турарларٱلنَّاسُodamlarодамларلِرَبِّRobbi huzuridaРобби ҳузуридаٱلْعَـٰلَمِينَolamlarоламлар
TafsirТафсир

Ha, barcha xaloyiq albatta qayta tiriltiriladigan kun–Ulugʻ Kundir. U kunda odamlar Robbul olamiyn huzurida tik turib bu dunyoda qilgan zarracha amallari haqida ham hisob-kitob beradilar. Ana shunda bu dunyoda oʻlchovdan urib qolganlar nima qiladilar? «Nima uchun, falon kuni, pistonchining haqqidan buncha narsani oʻlchov paytida urib qolding?» deb soʻralsa, nima deb javob berishlarini oʻylab koʻrmaydilarmi?! Ana oʻshanda Vayl–doʻzaxga tushib, hollariga voy boʻlishini oʻylab koʻrmaydilarmi?!

Yuqoridagi oyatlarda savdoda kishilar haqqidan urib qoluvchi firibgarlar haqida soʻz yuritildi. Tarozimi, metrmi yoki boshqacha oʻlchovmi–bari bir, ular kishilardan narsa olayotganlarida toʻliq, balki ortiqcha oladilar, ammo xaridorlarga oʻlchab berayotganda kam beradilar. Ular bu ishni qiyomatdan qoʻrqmaganlaridan qiladilar. Shuning uchun ham, kelasi oyatlarda, ish ular oʻylaganicha emas, balki boshqacha boʻlishi, har bir narsaning aniq hisob-kitobi borligi bayon qilinadi.