كِتَـٰبٌ مَّرْقُومٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U(Sijjiyn) yozilgan kitobdur.У(Сижжийн) ёзилган китобдур.Alauddin Mansour: (U) bitilgan kitobdir.(У) битилган китобдир.
«Sijjiyn» lugʻatda «oʻta tor» maʼnosini anglatadi. Ushbu oyatning taʼrifidan esa, u fojir odamning bu dunyoda qilgan kattayu kichik amallari yozib yurilgan «nomai aʼmol» kitobi ekanligini bilib olamiz. U kitobda biror narsa, hatto zarra miqdorida boʻlsa ham, yozilmay qolmaydi. Unga yozilgan narsa esa, aslo oʻchirilmaydi. Hammasi toʻlaligicha qiyomat kuni bandaning oʻziga koʻrsatiladi. Ana oʻshaning asosida banda hisob-kitobga tutiladi. Qiyomat kuni fojirlarning nomai aʼmollari «sijjiyn»da boʻlar ekan. Ularning oʻzlari tor doʻzaxga asfalasofilin boʻlganlari uchun, ularning kitoblari ham ana shundoq vasfga ega boʻlar, ana shundoq joyga qoʻyilar ekan. Bundan barcha kofir, fojir va osiylar kerakli xulosa chiqarib, fursatning borida oʻzlarini oʻnglab olishlari kerak. Qiyomatdan qoʻrqib, unga iymon keltirib, unga tayyorgarlik koʻrib yashasinlar. Oʻsha kunni yolgʻonga chiqarsalar boʻlmaydi. Chunki, Alloh taolo qiyomat kunini yolgʻonga chiqaruvchilarga doʻzaxni naqd qilib qoʻyibdi: