Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
إِذَا ٱلسَّمَآءُ ٱنشَقَّتْ ﴿١﴾
Vaqtiki, osmon yorilsa.
وَأَذِنَتْ لِرَبِّهَا وَحُقَّتْ ﴿٢﴾
U(osmon) o'z Robbisiga quloq osdi, bo'ysundi va shundoq bo'lishi kerak edi.
وَإِذَا ٱلْأَرْضُ مُدَّتْ ﴿٣﴾
Va vaqtiki, yer cho'zilsa.
وَأَلْقَتْ مَا فِيهَا وَتَخَلَّتْ ﴿٤﴾
Va o'z ichidagi narsalarni otib chiqarib, xoli qolsa.
وَأَذِنَتْ لِرَبِّهَا وَحُقَّتْ ﴿٥﴾
U(er) o'z Robbisiga quloq osdi, bo'ysundi va shundoq bo'lishi kerak edi.
يَـٰٓأَيُّهَا ٱلْإِنسَـٰنُ إِنَّكَ كَادِحٌ إِلَىٰ رَبِّكَ كَدْحًا فَمُلَـٰقِيهِ ﴿٦﴾
Ey inson! Albatta, sen Robbingga yo'liqquningcha, harakatu urinishda bo'lasan va oxiri unga yo'liqasan ham.
فَأَمَّا مَنْ أُوتِىَ كِتَـٰبَهُۥ بِيَمِينِهِۦ ﴿٧﴾
Ammo kimning kitobi o'ng tarafdan berilsa.
فَسَوْفَ يُحَاسَبُ حِسَابًا يَسِيرًا ﴿٨﴾
Tezda, osongina hisob qilinur.
وَيَنقَلِبُ إِلَىٰٓ أَهْلِهِۦ مَسْرُورًا ﴿٩﴾
Va ahli huzuriga xursand holda qaytib borur.
وَأَمَّا مَنْ أُوتِىَ كِتَـٰبَهُۥ وَرَآءَ ظَهْرِهِۦ ﴿١٠﴾
Va ammo kimning kitobi orqa tarafdan berilsa...
فَسَوْفَ يَدْعُوا۟ ثُبُورًا ﴿١١﴾
U tezda o'ziga halokatni chaqirur.
وَيَصْلَىٰ سَعِيرًا ﴿١٢﴾
Va qizib turgan do'zaxga kirur.
إِنَّهُۥ كَانَ فِىٓ أَهْلِهِۦ مَسْرُورًا ﴿١٣﴾
Chunki, u (bu dunyoda) o'z ahli bilan xursand bo'lib o'tgan edi.
إِنَّهُۥ ظَنَّ أَن لَّن يَحُورَ ﴿١٤﴾
Chunki, u hech qachon orqaga qaytmaslikni o'ylagan edi.
بَلَىٰٓ إِنَّ رَبَّهُۥ كَانَ بِهِۦ بَصِيرًا ﴿١٥﴾
Ha! Albatta, Robbi uni doim ko'rib turuvchi edi.
فَلَآ أُقْسِمُ بِٱلشَّفَقِ ﴿١٦﴾
Shafaq bilan qasamki.
وَٱلَّيْلِ وَمَا وَسَقَ ﴿١٧﴾
Kechasi va u o'rab olgan narsalar bilan qasamki.
وَٱلْقَمَرِ إِذَا ٱتَّسَقَ ﴿١٨﴾
Va to'lin oy bilan qasamki.
لَتَرْكَبُنَّ طَبَقًا عَن طَبَقٍ ﴿١٩﴾
Albatta, sizlar tabaqama-tabaqa minasizlar.
فَمَا لَهُمْ لَا يُؤْمِنُونَ ﴿٢٠﴾
Nima bo'lgan ularga, iymon keltirmaslar?!
وَإِذَا قُرِئَ عَلَيْهِمُ ٱلْقُرْءَانُ لَا يَسْجُدُونَ ۩ ﴿٢١﴾
Va agar ularga Qur'on o'qilsa, sajda qilmaslar.
بَلِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ يُكَذِّبُونَ ﴿٢٢﴾
Balki kofirlar yolg'onga chiqarurlar.
وَٱللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا يُوعُونَ ﴿٢٣﴾
Ular (qalblarida) nimani saqlayotganlarini Allohning O'zi biladir.
فَبَشِّرْهُم بِعَذَابٍ أَلِيمٍ ﴿٢٤﴾
Ularga alamli azobning «bashoratini» ber.
إِلَّا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ لَهُمْ أَجْرٌ غَيْرُ مَمْنُونٍۭ ﴿٢٥﴾
Illo, iymon keltirganlarga va yaxshi amallar qilganlarga minnatsiz, uzluksiz ajrlar bor.