Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
وَٱلسَّمَآءِ ذَاتِ ٱلْبُرُوجِ ﴿١﴾
Burjlar egasi bo'lgan osmon bilan qasam.
وَٱلْيَوْمِ ٱلْمَوْعُودِ ﴿٢﴾
Va va'da qilingan kun bilan qasam.
وَشَاهِدٍ وَمَشْهُودٍ ﴿٣﴾
Guvohlik beruvchi va guvohlik berilgan bilan qasam.
قُتِلَ أَصْحَـٰبُ ٱلْأُخْدُودِ ﴿٤﴾
«Uxdud» egalariga la'nat bo'lsin.
ٱلنَّارِ ذَاتِ ٱلْوَقُودِ ﴿٥﴾
U yoqilg'isi ko'p, qattiq isigan olovdir.
إِذْ هُمْ عَلَيْهَا قُعُودٌ ﴿٦﴾
U(kofir)lar o'sha(chuqur)lar atrofida o'tiribdirlar.
وَهُمْ عَلَىٰ مَا يَفْعَلُونَ بِٱلْمُؤْمِنِينَ شُهُودٌ ﴿٧﴾
Va ular mo'minlarga qilayotgan narsalariga o'zlari guvohdirlar.
وَمَا نَقَمُوا۟ مِنْهُمْ إِلَّآ أَن يُؤْمِنُوا۟ بِٱللَّهِ ٱلْعَزِيزِ ٱلْحَمِيدِ ﴿٨﴾
Va (ular) mo'minlardan Aziyz, Hamiyd Allohga bo'lgan iymondan boshqa «ayb» topa olmadilar.
ٱلَّذِى لَهُۥ مُلْكُ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ ۚ وَٱللَّهُ عَلَىٰ كُلِّ شَىْءٍ شَهِيدٌ ﴿٩﴾
U shunday zotki, osmonlaru yerning mulki Unga xosdir va Alloh har bir narsaga O'zi guvohdir.
إِنَّ ٱلَّذِينَ فَتَنُوا۟ ٱلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَـٰتِ ثُمَّ لَمْ يَتُوبُوا۟ فَلَهُمْ عَذَابُ جَهَنَّمَ وَلَهُمْ عَذَابُ ٱلْحَرِيقِ ﴿١٠﴾
Albatta, mo'min va mo'minalarni fitna qilib, so'ngra tavba qilmaganlarga, ana o'shalarga jahannam azobi va kuydiruvchi azob bor.
إِنَّ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ لَهُمْ جَنَّـٰتٌ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ ۚ ذَٰلِكَ ٱلْفَوْزُ ٱلْكَبِيرُ ﴿١١﴾
Albatta, iymon keltirgan va solih amal qilganlarga, ularga, ostidan anhorlar oqib turgan jannatlar bor. Bu esa nihoyatda ulkan yutuqdir.
إِنَّ بَطْشَ رَبِّكَ لَشَدِيدٌ ﴿١٢﴾
Albatta, Robbingning changali juda ham shiddatli, qattiqdir.
إِنَّهُۥ هُوَ يُبْدِئُ وَيُعِيدُ ﴿١٣﴾
Albatta, U O'zi boshlaydir va qaytaradir.
وَهُوَ ٱلْغَفُورُ ٱلْوَدُودُ ﴿١٤﴾
Va U mag'firat qiluvchi, barchaga yaxshilikni ravo ko'ruvchi Zotdir.
ذُو ٱلْعَرْشِ ٱلْمَجِيدُ ﴿١٥﴾
U, Arsh egasi hamda qadri ulug' Zotdir.
فَعَّالٌ لِّمَا يُرِيدُ ﴿١٦﴾
U nimani xohlasa, qila oluvchi Zotdir.
هَلْ أَتَىٰكَ حَدِيثُ ٱلْجُنُودِ ﴿١٧﴾
Senga askarlarning xabari keldimi?
بَلِ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فِى تَكْذِيبٍ ﴿١٩﴾
Balki, kofirlar yolg'onga chiqarishadir?
وَٱللَّهُ مِن وَرَآئِهِم مُّحِيطٌۢ ﴿٢٠﴾
Holbuki, Alloh ularning ortidan ihota qilib turuvchidir.
بَلْ هُوَ قُرْءَانٌ مَّجِيدٌ ﴿٢١﴾
Yo'q!!! U Qur'oni Majiyddur.
فِى لَوْحٍ مَّحْفُوظٍۭ ﴿٢٢﴾
U Lavhul Mahfuzdadir.