إِنَّهُۥ لَقَوْلٌ فَصْلٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, u (Qur'on) ajratuvchi so`zdir.Албатта, у (Қуръон) ажратувчи сўздир.Alauddin Mansour: Shak-shubhasiz, u (Qurʼon haq bilan botilni) ajratguvchi Soʻzdir.Шак-шубҳасиз, у (Қуръон ҳақ билан ботилни) ажратгувчи Сўздир.
Qurʼoni Karimning «ajratuvchi soʻz» ekanligi ulkan haqiqatdir. U har bir narsani aniq qilib ajratib bergan. Jumladan, haqni botildan, yaxshini yomondan, foydani zarardan, halolni haromdan, savobni gunohdan, moʻminni kofirdan, muxlisni munofiqdan va boshqa kerakli hamma narsalarni ajratib bergan. Qurʼonning ajratishi ilohiy ajratishdir. Uning ajratishidan boshqasi notoʻgʻri va behuda ajratishdir.
Shu bilan birga, Qurʼoni Karim hazil emasdir. Unda birorta ham befoyda, kammaʼno, behikmat soʻz yoʻq. Qurʼoni Karimdagi har bir soʻz oʻta jiddiy, oʻta foydali, oʻta purmaʼno va oʻta hikmatlidir. Lekin kofirlar mazkur sifatga ega boʻlgan Qurʼonga iymon keltirmaydilar, unga amal qilmaydilar. Balki, aksincha...