وَٱلْأَرْضِ ذَاتِ ٱلصَّدْعِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yorib chiquvchi egasi bo`lgan yer bilan qasam.Ёриб чиқувчи эгаси бўлган ер билан қасам.Alauddin Mansour: (Oʻsha yomgʻir sababli) yorib chiqquvchi (don-dun, oʻt-oʻlan) egasi boʻlmish Yerga qasamki,(Ўша ёмғир сабабли) ёриб чиққувчи (дон-дун, ўт-ўлан) эгаси бўлмиш Ерга қасамки,
«Yorib chiquvchi»dan murod nabototdir. Bunda oʻlgandan soʻng qayta tirilishga ishora bor. Oʻsimlik umri tugab, qurigandan soʻng tanasi yoʻq boʻladi. Vaqti kelib, yomgʻir yogʻsa, tanasi yoʻq boʻlgan oʻsimlik urugʻidan oʻziga oʻxshash oʻsimlik chiqadi.
Xuddi shunga oʻxshab, qiyomat kuni yomgʻir yoqqanda, barcha oʻliklar «ajbuz zanab» deb nomlanadigan, ulamolar hech qanday narsadan taʼsirlanmay turaverishini kashf etgan urugʻdan unib chiqadilar. Demak, yer va uning yorib chiquvchi egasi boʻlishi ham bejiz emas. Qurʼonda oʻsha narsa bilan ularga eʼtibor tortilgan va musulmonlar bu oyatlardan taʼsirlanib, yer va uni yorib chiquvchi narsalarga oid ilmlarga asos solganlar va ularda peshqadam boʻlganlar. Eng muhimi, bu narsalarni xalq qiluvchi Zotning qudratiga tan berib, unga iymon keltirib, Uning dinida sobitqadam boʻlganlar.
Ushbu oyatlarda mazkur narsalar bilan qasam ichishdan asl maqsad esa, Qurʼoni Karimning haq ekanini taʼkidlashdir.