وَٱلسَّمَآءِ ذَاتِ ٱلرَّجْعِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qaytuvchi sohibi bo`lgan osmon bilan qasam.Қайтувчи соҳиби бўлган осмон билан қасам.Alauddin Mansour: Qayta-qayta tushguvchi (yomgʻir) egasi boʻlmish osmonga qasam;Қайта-қайта тушгувчи (ёмғир) эгаси бўлмиш осмонга қасам;
Ushbu oyati karimadagi «qaytuvchi»dan murod yomgʻir, deganlar mufassirlarimiz. Chunki, yomgʻir yerdan chiqqan suv bugʻlarining yana yerga qaytib tushishidir. Shu maʼnoda, osmonni qaytuvchi egasi, yaʼni yomgʻir egasi, deb atalmoqda va shu sifatiga qoʻshib u bilan qasam ichilmoqda. Darhaqiqat, osmonning qaytuvchi egasi boʻlishi alohida diqqat-eʼtiborga, ahamiyatga sazovor bir ishdir. Yomgʻir boʻlsin, qor boʻlsin yoki boshqa narsa boʻlsin–yerdan osmonga chiqib, yana yerga qaytib tushadigan narsalarda koʻplab hikmat va ibratlar hamda Alloh taoloning qudratiga dalil va oyatlar bordir. Buni, ayniqsa, tabiiy ilm sohiblari yaxshi biladilar.