فَمَا لَهُۥ مِن قُوَّةٍ وَلَا نَاصِرٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas (o`shanda) u(inson)da quvvat ham, nusrat beruvchi ham bo`lmaydir.Бас (ўшанда) у(инсон)да қувват ҳам, нусрат берувчи ҳам бўлмайдир.Alauddin Mansour: Bas, (u Kunda inson) uchun (Allohning azobini qaytarguvchi) biron kuch ham, biron yordamchi ham boʻlmas!Бас, (у Кунда инсон) учун (Аллоҳнинг азобини қайтаргувчи) бирон куч ҳам, бирон ёрдамчи ҳам бўлмас!
U paytda unda quvvat nima qiladi? Holdan toyib, hech narsaga yaramay, shalvirab qoladi-ku. U paytda unga kim ham yordamchi boʻla oladi? Alloh taoloning Oʻzi azobiga olib tursa, yordamchi topilarmidi?
Qurʼoni Karimda kelayotgan bu xabarlarga baʼzi birovlarning shubha bilan qarashi toʻgʻrimikin? Haqiqatda shunday boʻlarmikin, degan savollar hech boʻlmasa koʻnglingizdan oʻtishi mumkin. Bularning hammasini Alloh taolo rad qilib, qasam bilan taʼkidlab aytadiki...