QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
At-Tariq surasi · Oyatсураси · Оят5

فَلْيَنظُرِ ٱلْإِنسَـٰنُ مِمَّ خُلِقَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Inson nimadan yaralganiga nazar solsin.Инсон нимадан яралганига назар солсин.Alauddin Mansour: Endi inson oʻzining nimadan yaralganiga bir boqsin!Энди инсон ўзининг нимадан яралганига бир боқсин!

591-sahifa · 30-juz · 59-hizb591-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَلْيَنظُرِbas, nazar solsinбас, назар солсинٱلْإِنسَـٰنُinsonинсонمِمَّnimadanнимаданخُلِقَyaralganigaяралганига
TafsirТафсир

Qadimdan ushbu oyatlar tilovat qilinganda, inson sulb va taroib, yaʼni umurtqa pogʻona bilan koʻkrak suyagi orasidan chiqadigan «maniy» deb ataladigan jirkanch, arzimagan bir suvdan yaratiladi, deb ketaverilgan. Lekin, ilm bir oz rivojlangandan keyin maniy jinsiy aʼzolarga bevosita bogʻliq tuxumlardan chiqishi mulohaza qilindi. Unda, Qurʼondagi gaplar noilmiy ekan, degan xulosa chiqarishga toʻgʻri kelib qoladi. Baʼzi bir shoshilgan savodsizlar shundoq degandirlar ham. Ammo, ilm yana ham rivojlanib oʻz maromiga yetganda, Qurʼonning bu oyati karimalari ilmiy moʻʼjiza ekanligi ayon boʻldi. Ilmiy tekshirishlar erkak kishining maniysi ikki tuxumidagi maniy yoʻllarida hosil boʻlishi ayon boʻldi. Ikki tuxum esa, ozuqani ikki tomir orqali oladi. Oʻsha tomirlardan biri– ichki maniy tomiri, ikkinchisi–tashqi maniy tomiri.

Ushbu ikki tomir yurak oʻq tomirining chap tomonidan ajrab chiqqan boʻlib, biri umurtqa pogʻona orqali, ikkinchisi koʻkrak suyagi orqali tuxumlarga yetib keladi.

Demak, faqat chalasavodlargina Qurʼonni noilmiy kitob, der ekanlar. Haqiqiy ilm egalari esa, Qurʼonning ilmiy moʻʼjizasi oldida bosh egadilar.

Bu oyatlar insonga uning asli arzimagan, hatto, oʻzi ham hazar qiladigan bir suv–maniy ekanligini esga solyapti. Yaʼni, ey inson bolasi, hovliqib gʻururlanib ketma, asling nimadan ekanligini ham unutma. Seni bir tomchi xaqir suvdan yaratgan Alloh taolo boshqa narsalarga ham qodir, shu jumladan...