Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
سَبِّحِ ٱسْمَ رَبِّكَ ٱلْأَعْلَى ﴿١﴾
Oliy qadar bo'lgan Robbing ismini poklab yod et.
ٱلَّذِى خَلَقَ فَسَوَّىٰ ﴿٢﴾
U yaratgan va mutanosib qilgan Zotdir.
وَٱلَّذِى قَدَّرَ فَهَدَىٰ ﴿٣﴾
U, o'lchov bilan qilgan va hidoyatga boshlagan Zotdir.
وَٱلَّذِىٓ أَخْرَجَ ٱلْمَرْعَىٰ ﴿٤﴾
U, o't-o'lanni chiqargan Zotdir.
فَجَعَلَهُۥ غُثَآءً أَحْوَىٰ ﴿٥﴾
Bas, uni qoraygan xashak qilgan Zotdir.
سَنُقْرِئُكَ فَلَا تَنسَىٰٓ ﴿٦﴾
Biz senga (Qur'onni) qiroat qildiramiz, bas, sen uni esdan chiqarmassan.
إِلَّا مَا شَآءَ ٱللَّهُ ۚ إِنَّهُۥ يَعْلَمُ ٱلْجَهْرَ وَمَا يَخْفَىٰ ﴿٧﴾
Illo, Alloh xohlaganini. Albatta, U oshkorni ham, maxfiy narsalarni ham biladir.
وَنُيَسِّرُكَ لِلْيُسْرَىٰ ﴿٨﴾
Va seni oson yo'lga muyassar qilamiz.
فَذَكِّرْ إِن نَّفَعَتِ ٱلذِّكْرَىٰ ﴿٩﴾
Bas, agar eslatish manfaat bersa, eslatgin.
سَيَذَّكَّرُ مَن يَخْشَىٰ ﴿١٠﴾
Albatta, U zotdan qo'rqqan esga oladir.
وَيَتَجَنَّبُهَا ٱلْأَشْقَى ﴿١١﴾
Va badbaxtgina undan chetda bo'ladir.
ٱلَّذِى يَصْلَى ٱلنَّارَ ٱلْكُبْرَىٰ ﴿١٢﴾
U katta olovga kiradir.
ثُمَّ لَا يَمُوتُ فِيهَا وَلَا يَحْيَىٰ ﴿١٣﴾
So'ngra, uning ichida o'lmay ham, tirilmay ham qoladir.
قَدْ أَفْلَحَ مَن تَزَكَّىٰ ﴿١٤﴾
Haqiqatan, kim pok bo'lsa, yutuq topadir.
وَذَكَرَ ٱسْمَ رَبِّهِۦ فَصَلَّىٰ ﴿١٥﴾
Va Robbi ismini zikr qilsa va namoz o'qisa hamdir.
بَلْ تُؤْثِرُونَ ٱلْحَيَوٰةَ ٱلدُّنْيَا ﴿١٦﴾
Balki, sizlar bu dunyo hayotini ustun qo'yasizlar.
وَٱلْـَٔاخِرَةُ خَيْرٌ وَأَبْقَىٰٓ ﴿١٧﴾
Holbuki, oxirat yaxshiroq va boqiyroqdir.
إِنَّ هَـٰذَا لَفِى ٱلصُّحُفِ ٱلْأُولَىٰ ﴿١٨﴾
Albatta, bu avvalgi sahifalarda bordir.