Yuklanmoqda...
Yuklanmoqda...
بِسْمِ اللَّهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ
Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan
هَلْ أَتَىٰكَ حَدِيثُ ٱلْغَـٰشِيَةِ ﴿١﴾
Batahqiq, senga g'oshiya xabari keldi.
وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ خَـٰشِعَةٌ ﴿٢﴾
O'shal kunda bir chehralar qo'rqinch bilan to'ladir.
عَامِلَةٌ نَّاصِبَةٌ ﴿٣﴾
Ular ish bajaruvchidir va nihoyatda charchagandir.
تَصْلَىٰ نَارًا حَامِيَةً ﴿٤﴾
O'ta qizib turgan olovga kiradir.
تُسْقَىٰ مِنْ عَيْنٍ ءَانِيَةٍ ﴿٥﴾
Ular qaynab turgan buloqdan sug'oriladir.
لَّيْسَ لَهُمْ طَعَامٌ إِلَّا مِن ضَرِيعٍ ﴿٦﴾
Ularga tikandan boshqa taom yo'qdir.
لَّا يُسْمِنُ وَلَا يُغْنِى مِن جُوعٍ ﴿٧﴾
U na semirtirmas va na ochlikni ketkazmasdir.
وُجُوهٌ يَوْمَئِذٍ نَّاعِمَةٌ ﴿٨﴾
O'shal kunda bir chehralar ne'mat xursandligi bilan to'ladir.
لِّسَعْيِهَا رَاضِيَةٌ ﴿٩﴾
Ular o'z ishlaridan rozidir.
فِى جَنَّةٍ عَالِيَةٍ ﴿١٠﴾
Ular oliy darajali jannatdadir.
لَّا تَسْمَعُ فِيهَا لَـٰغِيَةً ﴿١١﴾
Unda bekorchi gaplarni eshitmaslar.
فِيهَا عَيْنٌ جَارِيَةٌ ﴿١٢﴾
Unda oqib turgan buloqlar bordir.
فِيهَا سُرُرٌ مَّرْفُوعَةٌ ﴿١٣﴾
Unda baland-baland so'rilar bordir.
وَأَكْوَابٌ مَّوْضُوعَةٌ ﴿١٤﴾
Va tayyorlab qo'yilgan qadahlar bordir.
وَنَمَارِقُ مَصْفُوفَةٌ ﴿١٥﴾
Va saf-saf qilib tizilgan yostiqlar bordir.
وَزَرَابِىُّ مَبْثُوثَةٌ ﴿١٦﴾
Hamma yoqqa to'shalgan gilamlar bordir.
أَفَلَا يَنظُرُونَ إِلَى ٱلْإِبِلِ كَيْفَ خُلِقَتْ ﴿١٧﴾
Ular nazar solmasmi: Tuyaning qanday yaratilganiga?
وَإِلَى ٱلسَّمَآءِ كَيْفَ رُفِعَتْ ﴿١٨﴾
Va osmonning qandoq ko'tarilganiga?
وَإِلَى ٱلْجِبَالِ كَيْفَ نُصِبَتْ ﴿١٩﴾
Va tog'larning qandoq o'rnashtirilganiga?
وَإِلَى ٱلْأَرْضِ كَيْفَ سُطِحَتْ ﴿٢٠﴾
Va yerning qandoq tekislab qo'yilganiga?
فَذَكِّرْ إِنَّمَآ أَنتَ مُذَكِّرٌ ﴿٢١﴾
Bas, eslatgin, sen, albatta, eslatuvchidirsan.
لَّسْتَ عَلَيْهِم بِمُصَيْطِرٍ ﴿٢٢﴾
Sen ularning ustidan hukmingni o'tkazuvchi emassan.
إِلَّا مَن تَوَلَّىٰ وَكَفَرَ ﴿٢٣﴾
Illo, kim yuz o'girsa va kofir bo'lsa...
فَيُعَذِّبُهُ ٱللَّهُ ٱلْعَذَابَ ٱلْأَكْبَرَ ﴿٢٤﴾
Bas, uni Alloh katta azob bilan azoblaydir.
إِنَّ إِلَيْنَآ إِيَابَهُمْ ﴿٢٥﴾
Albatta, ularning qaytishi Bizgadir.
ثُمَّ إِنَّ عَلَيْنَا حِسَابَهُم ﴿٢٦﴾
So'ngra, albatta, ularning hisob-kitobi ham Bizda bo'ladir.