Al-Ghashiyah surasi · Oyatсураси · Оят11
لَّا تَسْمَعُ فِيهَا لَـٰغِيَةً
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Unda bekorchi gaplarni eshitmaslar.Унда бекорчи гапларни эшитмаслар.Alauddin Mansour: U joyda biron behuda soʻz eshitmaslar.У жойда бирон беҳуда сўз эшитмаслар.
592-sahifa · 30-juz · 60-hizb592-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
لَّاemasэмасتَسْمَعُeshitarэшитарفِيهَاundaундаلَـٰغِيَةًۭbekorchi gapniбекорчи гапни
TafsirТафсир
Ahli jannatlar jannatda soʻkish, koyish, ozor, yolgʻon, boʻhton, botil gaplarni, koʻngillarini behuzur qiladigan biror ogʻiz soʻzni eshitmaydilar. Chunki, bir ogʻiz bekorchi soʻz ham rohatlariga xalal berishi mumkin. Jannatdagilar faqat yaxshi va yoqimli soʻzlarni eshitadilar, xolos. Bu tomondan boʻladigan rohatlari ham oliy darajada. Bekorchi gaplarni, soʻkish, itob, koyish, tahdidlarni doʻzaxiylar eshitaversinlar. Ahli jannatning rohat-farogʻati bu bilan tugamaydi. Ularga jannatda boshqa neʼmatlar ham bor.
Jumladan: