QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ghashiyah surasi · Oyatсураси · Оят14

وَأَكْوَابٌ مَّوْضُوعَةٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va tayyorlab qo`yilgan qadahlar bordir.Ва тайёрлаб қўйилган қадаҳлар бордир.Alauddin Mansour: Va (buloq boʻyiga) qoʻyib qoʻyilgan qadahlar.Ва (булоқ бўйига) қўйиб қўйилган қадаҳлар.

592-sahifa · 30-juz · 60-hizb592-саҳифа · 30-жуз · 60-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَأَكْوَابٌۭva qadahlar borва қадаҳлар борمَّوْضُوعَةٌۭtayyorlab qoʻyilganтайёрлаб қўйилган
TafsirТафсир

Ha, ahli jannatlar baland-baland soʻrilarda, hamma yoqqa toʻshab tashlangan goʻzal gilamlarda, saf-saf qilib tizilgan yostiqlarga yonboshlab olib, tayyorlab qoʻyilgan qadahlardagi sharoblarni huzur qilib sipqoradilar.

Mazkur narsalar oxirat neʼmatlaridan bir koʻrinish, insonda tasavvur hosil qilish uchun bu dunyodagi neʼmatlarga oʻxshab vasf qilinyapti. Aslida esa, oxirat neʼmatlari bu dunyodagi barcha neʼmatlardan navi jihatidan ham, boshqa jihatlaridan ham ustun turadi. Buning ustiga, u doimiy–abadiy neʼmat, bu dunyoniki esa, oʻtkinchi va bebaqodir.

Oxiratdan bir oz hikoya qilgandan soʻng, yana hozirgi hayotga qaytib, atrofimizda turgan narsalarga eʼtiborimizni tortib, Alloh taoloning ochiq-oydin qudratiga nazar solishga chorlanadi va bu cheksiz qudrat Egasi oʻlgan insonlarni hisob-kitob uchun qayta tiriltirishga ham qodir ekanligi taʼkidlanadi.