وَمَا كَانَ ٱللَّهُ لِيُضِلَّ قَوْمًۢا بَعْدَ إِذْ هَدَىٰهُمْ حَتَّىٰ يُبَيِّنَ لَهُم مَّا يَتَّقُونَ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ بِكُلِّ شَىْءٍ عَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh bir qavmni hidoyatga boshlaganidan so`ng, ularga saqlanishlari lozim bo`lgan narsani bayon qilmasdan turib, zalolatga ketkazmas. Albatta, Alloh har bir narsani bilguvchi Zotdir.Аллоҳ бир қавмни ҳидоятга бошлаганидан сўнг, уларга сақланишлари лозим бўлган нарсани баён қилмасдан туриб, залолатга кетказмас. Албатта, Аллоҳ ҳар бир нарсани билгувчи Зотдир.Alauddin Mansour: Alloh biron qavmni hidoyat qilganidan keyin to ularga saqlanishlari lozim boʻlgan narsalarni aniq bayon qilib bermagunicha, ularni yoʻldan ozdirguvchi boʻlmadi (yaʼni, hamma narsani bilib turib oʻzlarini saqlamagan kimsalarnigina yoʻldan ozdirdi). Albatta, Alloh hamma narsani bilguvchidir.Аллоҳ бирон қавмни ҳидоят қилганидан кейин то уларга сақланишлари лозим бўлган нарсаларни аниқ баён қилиб бермагунича, уларни йўлдан оздиргувчи бўлмади (яъни, ҳамма нарсани билиб туриб ўзларини сақламаган кимсаларнигина йўлдан оздирди). Албатта, Аллоҳ ҳамма нарсани билгувчидир.
Yaʼni, iymon keltirib musulmon boʻlganlarga avvalo nima qilish kerakligi, nimalardan saqlanishlari lozimligi bayon qilinadi. Keyin ham nohaq ish qilsalar, notoʻgʻri yoʻlda yursalar, ana shundan soʻng, Alloh ularga nisbatan chora koʻradi.
«Albatta, Alloh har bir narsani bilguvchi Zotdir».
Shuning uchun ham, oldin hukmni bayon qilmay turib hech kimni jazoga tortmaydi.