وَمَا كَانَ ٱسْتِغْفَارُ إِبْرَٰهِيمَ لِأَبِيهِ إِلَّا عَن مَّوْعِدَةٍ وَعَدَهَآ إِيَّاهُ فَلَمَّا تَبَيَّنَ لَهُۥٓ أَنَّهُۥ عَدُوٌّ لِّلَّهِ تَبَرَّأَ مِنْهُ ۚ إِنَّ إِبْرَٰهِيمَ لَأَوَّٰهٌ حَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ibrohimning otasi uchun aytgan istig`fori unga bergan va'dasi ustidan edi, xolos. Vaqtiki, unga otasining Allohga dushman ekanligi ayon bo`lganda, undan voz kechdi. Albatta, Ibrohim tazarru'li va haliymdir.Иброҳимнинг отаси учун айтган истиғфори унга берган ваъдаси устидан эди, холос. Вақтики, унга отасининг Аллоҳга душман эканлиги аён бўлганда, ундан воз кечди. Албатта, Иброҳим тазарруъли ва ҳалиймдир.Alauddin Mansour: Ibrohimning oʻz otasi uchun magʻfirat soʻrashi faqat unga bergan vaʼdasi sababli edi. Endi qachonki unga otasi Allohning dushmani ekanligi aniq maʼlum boʻlgach, undan butunlay tondi. Albatta, Ibrohim koʻngilchan va halimdir.Иброҳимнинг ўз отаси учун мағфират сўраши фақат унга берган ваъдаси сабабли эди. Энди қачонки унга отаси Аллоҳнинг душмани эканлиги аниқ маълум бўлгач, ундан бутунлай тонди. Албатта, Иброҳим кўнгилчан ва ҳалимдир.
Yaʼni, otasi Ibrohim alayhissalom bilan tortishib, uni soʻkib, toshboʻron qilmoqchi boʻlganda haliym sifatli Ibrohim alayhissalom: «Sening uchun Allohga istigʻfor aytaman»,–deb vaʼda bergan edi. Ana shu vaʼdaga vafo qilish uchun otasiga istigʻfor aytdi, xolos. Keyinchalik unga otasi Allohning dushmani ekanligi ayon boʻldi. Oʻshanda u otasidan voz kechdi. Demak, boʻlib oʻtgan istigʻfor aytish Ibrohim alayhissalomning oʻz shaxsiy sifatlaridan kelib chiqqandir.
«Albatta, Ibrohim tazarruʼli va haliymdir».
Biz «tazarruʼli» deb tarjima qilgan soʻz oyatda «ovvohun» deb kelgan. Yaʼni, koʻp nola qilib, oh uruvchi kishi deganidir. «Haliym» esa, ozorlarga sabr qiluvchi, kechiruvchan shaxsdir.
Yuqorida Alloh taolo moʻminlar mushriklarga istigʻfor aytishlari mumkin emasligini bayon qildi. Endigi oyatda ularga bu hukmni eʼlon etmasdan turib, bu haqda itob va azobga duchor qilmasligini aytmoqda.